Laffer egri chizig’i- soliqlar stavkasining o’sib borishi bilan byudjet daromadlari
ko’payish tomonga emas, aksincha ish faolligining pasayishi hisobiga qisqarish
tomonga harakatlanishini ko’rsatib beruvchi qonuniyat.
Logistika- tovar- moddiy qimmatlilarni sotish, saqlash, tashish va ishlab
chiqarishning kompleks tizimi.
M
Makroiqtisodiy siyosat - milliy iqtisodiyot miqyosidagi mavjud muammolarni hal
etishga yo’naltirilgan davlatning iqtisodiy siyosati.
Marjinalizm - iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda chegaraviy miqdorlardan
foydalanishga asoslangan iqtisodiy yo’nalish.
Model - iqtisodiy jarayon va hodisalarning soddalashtirilgan ko’rinishda
matematik apparat yordamida aks ettirilishi.
Makroiqtisodiyot - milliy iqtisodiyotni yaxlit iqtisodiy tizim sifatida tahlil etuvchi
iqtisodiyot nazariyasining bir bo’limi.
Mikroiqtisodiyot - bozor jarayonlari tahlil etiluvchi iqtisodiyot fanining bir
bo’limi.
Marketing - korxona tomonidan sotish hajmlarini oshirish va yangi sotish
bozorlarini izlab topish maqsadida amalga oshiriluvchi bozorni o’rganishga
qaratilgan faoliyat.
Menedjment - ishlab chiqarishni tashkil etish va zamonaviy boshqaruv usullari
haqidagi iqtisodiyot fanining bir bo’limi.
Mehnat bozori - ishchi kuchi oldi- sotdisi yuzasidan ish beruvchi va ishchi
kuchini taklif etuvchilar o’rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar.
Monetarizm - makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda pul muomalasiga asosiy
e’tiborni qaratuvchi iqtisodiy yo’nalish.
Makroiqtisodiy siyosat - davlatning iqtisodiyotga aralashish va makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashni maqsad qilib qo’ygan holda amalga oshiruvchi
iqtisodiy chora tadbirlari majmui.
Mul’tiplikator samarasi - iqtisodiy o’sishning investisiyalar hajmiga bog’liqligini
ko’rsatadi. Unga ko’ra iqtisodiyotga yo’naltirilgan investisiyalar o’zining hajmidan
bir necha marotaba ko’p bo’lgan holda milliy daromadning o’sishini ta’min etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |