Iqtisodiyot asoslari
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Normal tovarlar
- Nou - xau
- Ochiq bozorlarda operasiyalar o’tkazish
- ObligasiYa
- Ouken qonuni
N
Narx - tovar qiymatining pul birliklarida ifodalanishi. Navflilik - iqtisodiy ne’matlarning ehtiyojlarni qondira olish qobiliyati. 70 Nominal daromad - ma’lum bir davr mobaynida narxlarning joriy davrdagi o’sish sur’atlarini hisobga olmasdan hisoblangan daromad. Nominal YaMM - joriy davr narxlarida hisoblangan YaMM qiymati. Normal tovarlar - iste’molchilarning daromadlari o’sib borishi bilan talab hajmi o’sib boruvchi tovarlar. Notarif to’siqlar - mamlakatga chetdan mahsulotlar olib kelishni cheklash maqsadida qo’llaniluvchi ma’muriy chora- tadbirlar. Nou - xau - ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotlarni sotish uchun zarur bo’lgan ilmiy - texnik, iqtisodiy bilimlar va xo’jalik yuritish tajribalari umumiyligi. Hozirgi kunda nou- xaular tijorat bitimlarining asosiy ob’ektiga aylanib bormoqda. O OPEK - neftni qazib olish, eksport qilish va unga narx belgilash sohasida Yagona siyosat o’tkazish maqsadida neft eksport qiluvchi mamlakatlar tomonidan tashkil etilgan tashkilot. Ochiq bozorlarda operasiyalar o’tkazish - davlatning pul - kredit tizimiga ta’sir qilish maqsadida markaziy bank tomonidan ochiq bozorlarda davlat qimmatbaho qog’ozlarini sotish yoki sotib olish. Ochiq iqtisodiy tizim - xorijiy mamlakatlar bilan eksport - import va moliyaviy operasiyalar mexanizmi orqali o’zaro bog’langan iqtisodiy tizim. Oligopoliya - bozorda tabaqalashgan yoki standart mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi atigi bir nechta korxonalarning ustivor mavqega ega bo’lishi. ObligasiYa - davlat yoki hissadorlik jamiyati tomonidan pul mablag’larini tezda jalb qilish maqsadida muomalaga chiqarilgan qarzli qimmatli qog’oz. Obligasiya uchun tavakkalchilik darajasining pastligi, muddatlilik va qat’iy foizlarda daromad olib turish xosdir. Ouken qonuni - iqtisodiy faollik va ishsizlik darajasining o’sishi o’rtasidagi miqdoriy bog’liqlikni ifoda etadi. Ouken qonuniga ko’ra ishsizlik darajasining o’z tabiiy darajasidan 1% ortiq bo’lishi YaMMning o’z potensial hajmidan 2.5 % ortda qolishiga olib keladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling