Iqtisodiyot asoslari
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qonuni
- Taklif qonuni
- Tuzilmaviy siyosat
- To’la bandlik
Sug’urta tavakkalchiligi - zarar yoki yo’qotishlar xavfining vujudga kelishi.
Sug’urta holati - yuz berishi bilan sug’urtachi sug’urtalanuvchiga sug’urta summasi yoki sug’urta tovonini to’lashi lozim bo’lgan hodisa. Soliq deklarasiyasi - soliq to’lovchining muayyan davr mobaynida topgan daromadlari miqdori va manbalarini ko’rsatuvchi hujjat. Rivojlangan iqtisodiy munosabatlar sharoitida soliq deklarasiyasi soliq tizimining muhim tashkil etuvchisiga aylanib boradi. T Tadbirkor - foyda olish maqsadida tavakkalchilikka asoslanib, qonunchilik doirasida har qanday iqtisodiy faoliyat yurituvchi shaxs. Talab - iste’molchilarning ma’lum bir mahsulot va xizmatlarni ma’lum bir narxlar asosida sotib olishga bo’lgan iqtisodiy imkoniyatlari. Talab - ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismidir. Talab qonuni - talab hajmi va narxlar darajasi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni ko’rsatuvchi iqtisodiy qonuniyat. Taklif - ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarning bozorga ma’lum tovar va xizmatlarni ma’lum narxlar asosida sotishga olib chiqish imkoniyatlari. Taklif qonuni - taklif hajmi va narxlar darajasi o’rtasidagi to’g’ri bog’liqlikni aks ettiruvchi iqtisodiy qonuniyat. Talab va taklif qonunlari bozor iqtisodiyotining muhim qonunlari hisoblanadi. Talab narxi - xaridorlar tovar va xizmatlar uchun to’lashlari mumkin bo’lgan eng yuqori narx. Taklif narxi - tovar va xizmatlarni sotishda sotuvchilar tomonidan taklif etiluvchi eng past narx. Taklif narxining yuqori bo’lishi sotishdan tushgan pul tushumlarining yuqori bo’lishini ta’min etadi. Tuzilmaviy siyosat - iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasini o’zgartirishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosati. Tovar - o’zining almashuv va iste’mol qiymatiga ega bo’lgan va bozor orqali ayriboshlanadigan, yakuniy iste’mol uchun mo’ljallangan mahsulot. To’la bandlik - milliy iqtisodiyotda mavjud mehnat resurslarining iqtisodiyot sohalarida to’la band bo’lishi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling