Davlatning byudjet - fiskal siyosati - davlatning makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash maqsadida byudjet xarajatlari va soliqlarni boshqarishga qaratilgan
siyosati.
Deval’vasiya - valyuta kursining rasmiy tarzda pasaytirilishi.
Deflyasiya - inflyasiyaga teskari bo’lgan jarayon, milliy iqtisodiyot miqyosida
o’rtacha narxlar darajasining ish faolligining susayishi natijasida pasayishi.
Diversifikasiya - bir vaqtning o’zida korxona tomonidan bir biriga bog’liq
bo’lmagan ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi va rivoj-lantirilishi.
Diler - o’z hisobidan va o’z foydasini ko’zlab birja savdolarida vositachilik
faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki firma.
Depozitariy - depozit va qimmatli qog’ozlarni saqlash va ularning hisobini
yuritish bilan shug’ullanuvchi huquqiy shaxs.
Doimiy xarajatlar - mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish hajmi
bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar.
E
Evro - Evropa ittifoqi mamlakatlari (Avstriya, Bel’giya, Germaniya, Irlandiya,
Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlandiya, Fransiya,
Gresiya) ning yagona pul birligi.
Evropa Ittifoqi - o’z tarkibiga 15 ta evropa mamlakatini bir-lashtiruvchi o’ziga
xos xalqaro institut. Ushbu xalqaro institut evropa mamlakatlari hududida yagona
bozor vujudga keltirish va shu orqali iqtisodiy farovonlikka erishish maqsadida
tashkil etilgan.
Er rentasi - erga ishlov berish natijasida erning tabiiy va iqtisodiy hosildorligiga
bog’liq tarzda olinuvchi qo’shimcha daromad.
J
Jamg’arma - iste’mol sarflari amalga oshirilib, turli xil to’lovlar, soliqlar
to’langandan so’ng, daromadning qolgan qismi. Jamg’arma iste’mol darajasini
kelgusida ham bir maromda saqlab turish maqsadida tashkil etiladi.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |