“Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs I- 55-2 guruh talabasi Xaytbayev Toxirning malakaviy amaliyot
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari
Download 106.34 Kb.
|
4-курс учун АМАЛИЁТ КУНДАЛИГИ 2023тиь
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari: Matyakubov Sh. ________
(nasl nomasi va ismi)(imzo) (muhr o’rni) 2-mavzu. Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish(davomi). U eng avvalo, tashkilot personalining mehnat samardorligini yuksaltirishdan manfaatdorligini kuchaytiradi, demak mehnatni moddiy rag’batlantirishni oshiribgina qolmasdan, tashkilotning raqobatbardoshligini ham kuchaytiradi. Korxonada ish haqi shakl va tizimlarini to’g’ri tanlash uchun ilmiy asoslangan mezonlar mavjud bo’lishi kerak. Shu sababli mazkur kurs ishida mazkur mezonlarni shakllantirish va ularni asoslab berishga harakat qilindi. Ish haqining mehnat motivatsiyasiga ta’sirini oshirish maqsadida biz tashkilot (korxona)larda ish haqi shakl va tizimlarini tanlashda quyidagi mezonlarga amal qilishni tavsiya etamiz. Personalning mehnat sarfi yoki shaxsiy mehnat natijalarini hisobga olish. Ish haqi har qanday tizimi asosida personalning mehnat sarfi yoki shaxsiy mehnat natijalarini hisobga olish yotadi. Shuning uchun viloyatda har bir tuman va shahar tashkilot (korxona) personalining shaxsiy natijalari ular ish bajargan vaqt miqdorini hisobga olish orqali amalga oshirilishi mumkin. Korxonada ish haqi shakllari (ular asosida esa ish haqi tizimlari)ni qator shartlarga rioya etgan holda tanlash maqsadga muvofiqdir. Ish haqining vaqtbay va ishbay shakllarini personalning mehnatga qiziqtirish bilan bog’liq holda tanlash shartlari 1-jadvalda aks etgan.
Ish haqi tizimi orqali korxonada qabul qilingan ish haqi siyosatini aks ettirish. Ish beruvchining aniq belgilab olingan va amaliyotga joriy etilgan ish haqi sohasidagi siyosati personal hamda korxona egasi (rahbari) manfaatlari muvofiqlashtirilishini hamda personal mehnatining shaxsiy va jamoaviy natijalarini oshirishdan manfaatdorligini ta’minlashi kerak. Tashkil etish ayni vaqtning o’zida funktsional va nazariy jihatlardan munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Odatda, mehnatni, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishi bir-biridan farqlashni taqozo etadi. Bunda ko’p hollarda mehnatni tashkil etishning bir qismi, deb qaraladi, tashkil etishning o’zi esa boshqarish funktsiyasi, deb tushuniladi. Mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo’lishi mumki. Tashkil etish boshqarishga nisbatan ancha yuqori darajadagi va tartibdagi tushuncha kategoriyasidir, chunki tashkil etish tabiat va jamiyatdagi har qanday jarayon va hodisalarning har ikkala tomoni bo’lgan boshqarish va bajarishga ham singib ketgan bo’ladi. Boshqarishni tashkil etish esa boshqaruv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bunga tegishli vazifalarni bajarish tizimlari va boshqarish tizimlarini yaratish, hamda boshqarishning tashkiliy tizimlarini yo’lga qo’yish bilan erishiladi. Download 106.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling