“Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs I- 55-2 guruh talabasi Xaytbayev Toxirning malakaviy amaliyot
MChJ ochishdan avval nimalarni bilish kerak
Download 106.34 Kb.
|
4-курс учун АМАЛИЁТ КУНДАЛИГИ 2023тиь
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari
MChJ ochishdan avval nimalarni bilish kerak:
Ishtirokchilar soni 50 kishidan oshmasligi kerak (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, milliy va xorijiy yuridik shaxslar); Kompaniya ustav kapitalining eng kam miqdori litsenziyalash talablarida belgilangan bo'lishi mumkin. Jamiyat ishtirokchilarining jamiyat ro'yxatdan o'tgan kundan boshlab bir yil ichida jamiyatning ustav kapitaliga to'liq shakllantirishlari shart. Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari: Matyakubov Sh. ________ (nasl nomasi va ismi)(imzo) (muhr o’rni) 2-mavzu. Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish. Mehnatni moddiy rag’batlantirish tizimida hamda ish haqining mehnat rag’batlantirishga ta’sir ko’rsatish mexanizmida, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, ish haqi tizimi eng asosiy va eng muhim o’ringa ega. Tashkilot (korxona)larda ish haqi tizimini tashkil etish ish haqi miqdorini tabaqalashtirishdan iboratdir. Bir tomondan, personalni samarali mehnat qilishga rag’batlantirishi ijtimoiy nuqtai nazardan asoslangan bo’lishi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy jihatdan maqbul, ish haqi harajatlari samarali boshqarilishini ko’zda tutishi kerak. O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida kichik biznes va xususiy korxonalar egalari va personali manfaatlarining barcha huquqiy kafolatlari mavjuddir. Xususan, “Korxonalar to’g’risida”gi Qonun 19-moddasi 3-bandida “Mehnatga haq to’lashning shakllari, sistemalari va miqdorini, shuningdek, xodimlar daromadlarining boshqa turlarini korxona mustaqil belgilaydi”, deb ko’rsatilgan. Xuddi shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to’g’risida”gi Qonuni 19-moddasida ham “Xususiy korxona o’z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar to’lashning shakllari, tizimi hamda miqdorini qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil belgilaydi”, deb qayd etiladi. Korxonada eng ko’p tarqalgan ish haqi tizimi – oddiy vaqtbay to’lovdir. Ish haqining bu shakli tashkilot muhandis va xizmatchilariga ham, ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarga ham, yordamchi va xo’jalik ishlariga jalb qilinganlarga ham bir xil ravishda qo’llaniladi. Ish haqining vaqtbay-mukofotli tizimi kamdan-kam hollarda, asosan mehnat bozorida talab katta bo’lgan mutaxassislar - muhandislar, texnologlar, yuqori malakali iqtisodchilar, buxgalterlarga nisbatan qo’llaniladi. Ish haqi ishbay tizimi turli ko’rinishlari (jamoaviy ishbay, ishbay-mukofotli) kichik biznes va xususiy korxonalarda juda kamdan-kam qo’llaniladi. Korxonada iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan asoslangan ish haqining eng maqbul shakl va tizimlarini tanlashning afzalliklari ko’p. Download 106.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling