Yuridik shaxslardan undiriladigan mol – mulk solig’I : Jismoniy shaxslar kabi yuridik shaxslar ham mol-mulk solig'i to'laydi. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig'i obyekti quyidagilardan iborat: • asosiy vositalar, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo'yicha olingan asosiy vositalar; • nomoddiy aktivlar; • tugallanmagan qurilish obyektlari; • belgilangan muddatlarda o'rnatilmagan uskunalar. Mol-mulk solig'i korxona mol-mulkining o'rtacha yillik qoldiq qiymatidan olinadi.
2008- yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig'ining stavkasi - mol-mulk o'rtacha yillik qoldiq qiymatining 3,5 foizi miqdorida belgilangan. Ushbu soliq stavkasi korxona mulkining qayta baholangan qoldiq qiymatidan undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |