Iqtisodiyot bilan tanishuv


Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’I


Download 0.91 Mb.
bet90/91
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#235532
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
Bog'liq
8-sinf Iqtisod.uz

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’I : Malamlakatimiz soliq tizimida yer solig'i mahalliy soliq va yig'imlar turiga mansub. Yer solig’i boshqa soliq turlaridan farqli o'laroq, o'ziga xos xususiyatlarga ega. Xususan, ushbu soliq qat'iy to'lovdir. Ya'ni yer egalari va foydalanuvchilari o'z faoliyatlari davomida qanchalik foyda ko'rganlaridan qat'iy nazar, yer solig'ini to'lashlari shart. Chunki, ushbu tmalga tatbiq etilishining asosiy maqsadi - yerdan oqilona foydalanish, uni avaylash, tanlov - tijorat qilinishiga yo'l qo'ymaslikdir. Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo'lgan shaxslar yer solig'i to'lovchilari hisoblanadi. Jimoniy shaxslarning quyidagi yer maydonlari soliq obyekti hisoblanadi:

Shqon xo'jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer maydonlari;

yakka lartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

jamoa bog'dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastilari;

xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar; meros bo'yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan

birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o'tgan yer uchast­kalari;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;

tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo'lgan yuridik shaxslar yer solig'ining to'lovchilari bo'lib hisoblanadilar. Yagona soliq to'lashga o'tgan yoki soliqning alohida turlariga o'tgan korxonalar, savdo tashkilotlari yer solig'ini to'lovchilari bo'lmaydilar. Yuridik shaxslar ajratib berilgan yerlar uchun yerdan foydalangan yoki foydalanmaganidan qat'y nazar yer solig'i to'laydilar. Yuridik shaxslar uchun quyidagi yer maydonlari yer solig'i obyekti bo'lib hisoblanadi: • qonunda belgilangan tartib bo'yicha o'z mulki qilib olingan yer maydonlari; • o'rmon xo'jaligi uchun egalik qilishga berilgan yerlar; • korxona qilishga, imoratlar, inshootlar qurishga yoki boshqa noqishloq xo'jalik maqsadlari uchun foydalanishga berilgan yerlar.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling