Iqtisodiyot bilan tanishuv


Download 0.91 Mb.
bet4/91
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#235532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
8-sinf Iqtisod.uz

Shaxsiy ehtiyojlar — alohida olingan shaxsgagina tegishli bo'lgan ehtiyojlar.

Ijtimoiy ehtiyojlar kishilarning yonma-yon, hamjihatlikda hayot kechirishi bilan bog'liq, birgalashib qondiriladigan umumiy ehtiyojlari.

Iqtisodiy resurs­lar — tovar va xizmatlar yaratish uchun asqotadigan barcha narsalar.

Erkin ne'matlar — insonga tabiat in'om etgan tekin ne'matlar.

Iqtisodiy ne'mat­lar — inson iqti­sodiy faoliyati or­qali yaratiladigan ne'matlar.

Cheklanganlik muammosi — chek-siz ehtiyojlar va cheklangan resurs­lar o'rtasidagi no-mutanosiblik.

Buni yoddatuting!

Ehtiyojlar to­var va xizmatlarni iste'mol qilish orqali qondiriladi.



Cheklanganlik muammosi cheksiz ehtiyojlarni cheklan­gan resurslar yorda-mida qondirib bo'l-masligi oqibatida kelib chiqadi.

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Inson Yer yuzida yashab, to'laqonli hayot kechirishi uchun o'zida nimalarga muhtojlik, ehtiyoj sezadi? 3 minut ichida bu ehtiyojlar ro'yxatini tuzing va uni yoningizdagi o'rtog'ingiz bilan o'zaro muhokama qiling. Agar vaqt yetarlicha bo'lganda edi, bu ro'yxatni yana qanchagacha davom ettirishingiz mumkin edi? Umuman olganda, inson ehtiyojlarining poyoni, cheki bormi? Javobingizni katta harflar bilan yozib, o'rab qo'ying.

2. 1-2-rasmlarda tasvirlangan har bir kishining qanday ehtiyojlari bo'lishi mumkin? Turli kishilar ehtiyojlarining har xil bo'lishi nimalarga bog'liq deb o'ylaysiz?

3. 3-rasmda tasvirlangan qishloq oilasining qanday ehtiyojlari bor? Ularni to'la qondirish imkoniyati bormi?

4. 4-rasmda tasvirlangan shahar aholisining qanday ehtiyojlari bor deb o'ylaysiz? Ularni to'la qondirish imkoniyati bormi?

5. Mamlakatimiz aholisining qanday ijtimoiy ehtiyojlari bor? Ularning har biriga misollar keltiring.

6. Yuqorida aniqlangan yetishmovchiliklarning, muammolarning asosiy sababi nimada deb o'ylaysiz?
Aktiv qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantiraman.

Uyga vazifa : O’tilgan mavzuni o’qib o’rganib kelish

O’,I,B,D,O’: I. Avezmuratov. M,M,I,B,D,O’: A.Matmuratov.

sANA sINF viii vAQT:45

Mavzu: TANLOV VA UNING MUQOBIL QIYMATI


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling