Iqtisodiyot bilan tanishuv


TANLOVNING MUQOBIL QIYMATI


Download 0.91 Mb.
bet6/91
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#235532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
8-sinf Iqtisod.uz

TANLOVNING MUQOBIL QIYMATI

Biinkdan qarz olmoqchi bo'lgan firma oldida bu pullarga daslgohlar sotib olib, ishlab chiqarishni kengaytirish yoki eski dasgoh va binolarni ta'mirdan chiqarib, ishchilarining mehnat sharoitini yaxshilash muammosi turadi. Davlatdan 10 gektar yer olgan fermer xo'jaligi oldida esa bahorda yerga qaysi ekinlarni muammosi ko'ndalang turadi. Shahar hokimiyati o'z ixtoyoridagi ma'lum miqdordagi mablag'ni yo'llarni ta'mirlash yangi maktab qurishga sarflash haqida bosh qotiradi. Davlat miqyosida esa sog'liqni saqlash sohasiga ko'proq pul ajratish kerakmi yoki neftni qayta ishlash zavodini qurish kerakmi degan muammoga duch kelinadi. Yuqorida keltirilgan misollarda bir nechta imkoniyatdan

bittasini tanlashga, qolganlaridan esa voz kechishga to'g'ri keladi. Tanloy natijasida voz kechilgan imkoniyatlar ichidan eng katta naf keltiruvchi imkoniyatga tanlovning muqobil qiymati deb, aytiladi

MUROSALI TANLOV

Tanlov amalga oshirilayotgan hamma hollarda ham imkoniyatlarning biri tanlanib, qolganlaridan voz kechilmaydi.

Sunday hollar ham bo'ladiki, tanlov amalga oshirilayotgan vaqtda hamma imkoniyatlar bilan ham murosa qilishga to'g'ri keladi, ya'ni burcha imkoniyatlardan ham qisman-qisman foydalaniladi. Aytaylik tijorat bilan shug'ullanuvchi xususiy do'kon egasi Abdullaev 180000 so'mga ulgurji savdo firmasidan konfet yoki pecheniy sotib olmoqchi. Konfetning narxi 450 so'm bo'lib, 180000 so'mga undan jami 400 kilogramm sotib olish mumkin. Pecheniyning narxi esa 300 so'm bo'lib, 180000 so'mga jami 600 kilogramm pecheniy sotib olish mumkin. Lekin Abdullayev o'z mijozlarining ehtiyojlarini qondirish uchun konfet ham, pecheniy ham xarid qilishi kerak bo'ladi. Shu bois, Abdullayev yarim puli — 90000 so'mga 200 kilogramm konfet, qolgan yarmiga esa 300 kilogramm pecheniy sotib olishga qaror qildi. Ya'ni har ikkala imkoniyati bilan ham murosaga borib, ulardan qisman - qisman bo'lsa-da foydalandi. Bunday tanlov usuli iqtisodda"mutvsali (yoki aralash) tanlov deb, yuritiladi.

Tayanch atamalar


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling