Iqtisodiyot” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishi


Monopoliyaning afzalliklari va ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari


Download 99.51 Kb.
bet4/7
Sana09.06.2023
Hajmi99.51 Kb.
#1472963
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
moxinur

3.Monopoliyaning afzalliklari va ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari.
Yuqorida monopoliyaning salbiy jihatlari bilan tanishib chiqdik . Umuman olganda monopoliyaning ijobiy tomonlari ham mavjud, biroq uning bozor iqtisodiyotiga va umuman iqtisod sohasiga yetkazadigan zararlari bir talay. Monopollizm avj olib ketgan sharoitda ayni amalakatdagi raqobat, narx-navo, ish haqi, bozorning amal qilish sikli, pul aylanmasi va shu kabi iqtisodiy jarayonlarga jiddiy zarar yetadi. Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin.Monmopoliyanig yo’liga to’siq sifatida davlatdan boshqa subyekt maydonga chiqa olmaydi.Shunga ko’ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlar tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlat monopoliyaga qarshi siyisat yurgizishda avvalo, qonun tashabbuskorligi va qonun chiqaruvchi huquqlaridan foydalanadi va monopoliya qarshi qonunlar ishlab chiqadi. Bu jarayon antimonopol qonunchilik deb ataladi. Iqtisodiyotda manopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhititini vududga keltirishda davlat ham qatnashadi .Bu esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat mihitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Davlat monopolizmga йarshi siyosat yurgizishida, umuman olganda, bozorning "bir maromda" faoliyat ko’rsatishidagi to’siqlarni bartaraf etishdan jamiyat manfaatdorligining oshirilishi tushuniladi. Davlatning monopolizmga qarshi siyosati ra?obat munosabatlarini takomillashtirishda g’oyatda muhim vositadir. U, birinchidan ayrim firmalar tomonidan bozorning egallab olinishiga qarshi kurashni, ikkinchidan, firmalar o’rtasidagi bozor mexanizmlari harakatini cheklashi mumkin bo’lgan yashirin kelishuvlarni bartaraf etishni, uchuinchidan, zaxiralarning iqtisodiyotning bir tarmog’idan boshqasiga erkin o’tishi yo’lidagi g’ovlarni o’qotishni taqozo etadi. Yetarli bo’lmagan yoki buzib ko’rsatilgan axborotlar muayyan an'analar, qonunlar, mayda tadbirkorlar uchun kredit yo’lining berkligi va hokazolar ana shunday g’ovlar jumlasiga kiritilishi mumkin. Monopolizmga qarshi siyosat shart qilib qo’yilgan choralar, ko’pincha, erkin bozor iqtisodiyoti prinsiplariga zid keladi. Lekin, qanday g’ayritabiiy tuyulmasin, ular bozor stixiyasining o’z- o’zidan yemirilishidan (monopoliya bozor kuchlari harakatining qonuniy natijasi bo’lgan holda) va bozorni tashqaridan yemiruvchi omillar (raqobatning nomukammalligini tabiiy resurslarning cheklanganligi, xo’jalik faoliyati va qonunchilikning xususiyati, hukumat muassasalari, an'analar va hokazolarning harakatlari keltirib chiqargan holda)dan himoya qilishga yordam beradi. Monopolizmga qarshi siyosatni amalga oshirishning ikkita asosiy usuli ma'lum: ma'muriy (qonun chiqaruvchilik) va raqobat munosabatlarini bilvosita tartibga solish.
Monopoliyaning ijobiy tomonlarini quyiyidagilarda qayd qilishimiz mumkun:

  • Maxsulot odatda yuqori sifat bilan ajralib turadi;

  • Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va resurslarni tejash imkonini beradi;

  • Ishlab chiqarish fan-texnika taraqiyoti yutuqlari asosida rivojlantirish uchun katta moliyaviy mablag’larga va iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo’ladi;

Monopoliyaning iqtisodiyotdagi ta’siriga esa quyidagilarni kiritishimiz mumkun.

  • Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi-monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib,sun;iy ravishda ishlab chiqarishni cheklashi narxlarning ko’tarilishi natijada resureslarning foydalanish va ularni taqsimlash samaradorligining pasayishiga olib keladi.

  • Daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi-bu holat ham narxlar-ning monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi.

  • Iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi- Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo‘shimcha urinishlarsiz o‘zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin.

  • Iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi- Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to‘sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo‘lgan korxonalarni o‘zlariga bo‘ysundirishlari, o‘z xodimlarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to‘lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o‘ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o‘z mahsulotini iste'mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi kamsituvchi shartlarini ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin.




Download 99.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling