Iqtisodiyot” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishi


Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti


Download 99.51 Kb.
bet6/7
Sana09.06.2023
Hajmi99.51 Kb.
#1472963
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
moxinur

5. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti.
Raqobatning amal qilishi ma'lum shart-sharoitlar mavjud bo'lishini taqozo etadi.Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo'lishi mumkin.Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o'z-o'zidan, evolyutsion yo'l bilan vujudga kelgan.Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi.shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta'kidlanganidek, davlalning monopoliyalarga qarshi siyosatida o'z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo'lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog'lom raqobatga shart-sharoit hozirlash. iqtisodiy subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero.Prezidentimiz ta'kidlaganidek, bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo'ymoqda. Bu borada ham juda ko'p yechilmagan muammolar bor. Ya'ni eski ma'muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta'minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to'laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo'lidagi mavjud g'ovto'siqlarni bailaraf etishimiz zarur».
Bugungi kunda O'zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporalsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo'lib, ular ko'pincha tarmoq vazirliklari mavqye va vazifalariga ega bo'ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit hamda fond ko'rinishida taqsimlanishning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma'muriy to'siqlar monopolistik tendensiyalarga ko'proq imkon yaratadi. Shunga ko'ra, O'zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi: iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo'lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur; bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o'z ustunlik mavqyelarini suiiste'mol qilish imko- niyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishini ta'minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas.
O'zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o'rin tutadi.Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o'z egalari qo'liga topshirilsa, ikkinchidan.ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. Shunday qilib, O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobat ni taqozo etuvchi bozor tizimiga o'tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, cluinki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchierkin xo'jalik subyektlarining mavjudligi.

Raqobataning amal qilishi ma'lum shart-sharoitlar mavjud bo'lishini taqozo qiladi.Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo'lishi mumkin.Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o'z-o'zidan, evolyutsion yo'l bilan vujudga kelgan.Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi.Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o'z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo'lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Masalan, AQShda davlatning xususiy monopoliyalar faoliyatini cheklashga qaratilgan tadbirlari 1980 yilda trestlarga qarshi qabul qilingan qonunda («Sherman qonuni») o'z ifodasini topadi. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Buyruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog'lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohoglarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi.


O'zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o'rin tutadi. Xususiylashgirish natijasida, birinchidan, mulk o'z egalari qo'liga topshirilsa, ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. Shunday qilib, O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu raqobatni inkor qiluvchi Davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o'tishdir. Bu srda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik taxlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo'jalik subyektlariniggg mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish Prezidentimiz I. Karimovning ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida ma'ruzasida ta'kidlanganidek, iqtisodiyotni erkinlashtirish - bu xo'jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi iqtisodiy mustaqilligani oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'lidagi mavjud to'siqlarni bartaraf etishni anglatadi.Shuningdek Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasida bo'lib o'tgan Majlislarda so'zlagan nutqida (2000 yil, fevralida) biznesni erkinlashtirish, ularga iqtisodiy mustaqillik berishning aniq yo'nalishlari ko'rsatiladi. Shu maqsadda O'zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to'g'risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi.Mazkur qonunga ko'ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borshiiga to'sqinlik qilish, raqobatning g'irrom usullarini qo'llasht man etiladi.Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to'lashlari, g'irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.

Xulosa
Iqtisodiy inqiroz, oqibatlari bugungi kunda sezilyapti, Rossiya iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish jarayonini boshlash uchun yaxshi vaqt. Yuqori daraja Rossiya iqtisodiyotining monopollashuvi va xom ashyoga yo'naltirilganligi ichki inqirozlar va tashqi salbiy hodisalarga haddan tashqari munosabatda bo'lish uchun asos bo'lib, Rossiyaning rivojlanishda G'arb va Osiyoning ko'plab davlatlaridan abadiy orqada qolishining kafolati hisoblanadi. Xulosa qilib, quyidagi xulosalar chiqarish mumkin: Monopol firma odatda yuqori daromadga ega bo'lib, bu tabiiy ravishda boshqa ishlab chiqaruvchilarni sanoatga jalb qiladi. Sof monopoliya sharoitida, sanoatga kirish uchun to'siqlar raqobatchilarning monopollashtirilgan bozorga kirishini samarali ravishda to'sib qo'yish uchun etarlicha katta. Monopoliyalar tarixi har bir bosqichda iqtisodiyotni monopollashtirishning o'sishini tezlashtirgan, unga yangi shakllar beradigan jarayonlarning rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. Monopoliyaga qarshi siyosatning o‘zaro bog‘langan ikkita yo‘nalishini (aspektlarini) ajratib ko‘rsatish mumkin: monopoliyaga qarshi maxsus qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; monopoliyaga qarshi tartibga solishni amalga oshiruvchi va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi organlar tizimini shakllantirish. Rossiyaning monopoliyaga qarshi qonunchiligini ishlab chiquvchilar oldida hali ko'p ish qilish kerak va tajribani hisobga olish tavsiya etiladi. xorijiy davlatlar Rossiya bozorining o'ziga xos xususiyatlarini unutmasdan. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati monopoliyani butunlay yo'q qilishni anglatmaydi. Bu monopoliyalarning ayrim turlarini saqlab qolish, ularni davlat tomonidan tartibga solishni ta'minlashni o'z ichiga oladi. Har qanday monopoliyaga qarshi siyosatning mohiyati va ma'nosi keng ko'lamli iqtisodiyotning afzalliklaridan foydalanish va raqobatning zaiflashishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarini zararsizlantirishdir.



Download 99.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling