Iqtisodiyot” fakulteti “Moliya” yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli 4-bosqich talabasi Ismatov Xudoyqul


Xulosa Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi


Download 80.97 Kb.
bet25/26
Sana21.06.2023
Hajmi80.97 Kb.
#1639423
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
xudoyqul amaliyot hisoboti

Xulosa
Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi
Mazkur O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi muvofiq o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzishning yagona tartibini belgilaydi.

auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoida buzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvini o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat;


auditorlik xulosasi — moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablariga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat;
ijobiy fikr — bu auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasida ifodalangan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini haqqoniy aks ettirgan va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq kelgan holatdagi fikri;
modifikatsiyalangan fikr — bu auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasida quyidagi shakllardan birida ifodalangan fikri: salbiy fikr, izohlar bilan fikr, fikr bildirishni rad etish;
moliyaviy hisobot — buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan hisobot.
2. Mazkur standart talablari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda va auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini taqdim etishda barcha auditorlik tashkilotlari va auditorlar uchun majburiy hisoblanadi.
3. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditning xalqaro standartlarini qo‘llashi mumkin.
4. Auditorlik hisobotining tarkibi quyidagi qismlardan iborat:
nomi (“Auditorlik hisoboti” yoki “Auditorlik tashkilotining hisoboti”: ikkala nom ham teng ahamiyatli);
kirish qismi;
tahliliy qism;
yakuniy qism.
5. Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan kelishgan holda, auditorlik hisoboti qo‘shimcha qismlardan ham iborat bo‘lishi mumkin.
6. Auditorlik hisobotining har bir beti raqamlangan, auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi shart.
7. Auditorlik hisoboti buyurtmachining rekvizitlarini ko‘rsatgan holda auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga taqdim etiladi.
8. Auditorlik hisobotining kirish qismida quyidagilar bo‘lishi lozim:
auditorlik tashkilotining rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning raqami va sanasi;
auditorlik tekshiruvida qatnashgan auditorlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, auditor malaka sertifikatining sanasi va raqami) va boshqa shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun asos va auditorlik tekshiruvining shakli (majburiy yoki tashabbus tarzida);
auditorlik hisobotini tayyorlashda asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga havola;
auditorlarning auditorlik hisobotini tuzish bo‘yicha va xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruviga taqdim etilgan moliyaviy hisobot bo‘yicha javobgarligi;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan moliyaviy hisobotga (shakli va moliyaviy hisobot davrini ko‘rsatgan holda) va u bilan bog‘liq moliyaviy axborotga havola;
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining umumiy tavsifi.
9. Auditorlik hisobotining tahliliy qismi auditor (auditorlar) tomonidan bajarilgan ishlar va auditorlik dalillarini olishga qaratilgan auditorlik amallari bayonini hamda quyidagilarning tekshirish natijalarini qamrab olishi lozim:
qo‘llanilayotgan hisob siyosatini;
xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimini;
buxgalteriya hisobi tizimi va moliyaviy hisobot tuzilishini;
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligini;
aktivlar saqlanishining ta’minlanganligini;
moliyaviy koeffitsiyentlarning hisob-kitobi va uning tahlilini.
10. Auditorlik amallarini tanlash auditor (auditorlar) mulohazasining predmeti hisoblanib, u moliyaviy hisobotdagi muhim buzib ko‘rsatishlar bo‘yicha risklarni baholashga asoslanadi.
11. Hisob siyosatini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
qabul qilingan hisob siyosatining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi va qabul qilingan hisob siyosatining asosli ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati jarayonida hisob siyosatini qo‘llashdagi nomuvofiqliklarning bayoni.
12. Ichki nazorat tizimini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
ichki nazorat tizimi, uning moliyaviy hisobot ishonchliligini ta’minlashi va xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining xususiyatiga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan ichki nazorat tizimining xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining ko‘lami va xususiyatiga ahamiyatli nomuvofiqliklarning bayoni.
13. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi tizimi va moliyaviy hisobot tuzilishini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumot;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini ahamiyatli buzilishlari bayoni.
14. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobida to‘liq aks ettirilganligi va ularning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ahamiyatli nomuvofiqliklar va ularning moliyaviy hisobotga ta’sirining bayoni.
15. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisob-kitoblari to‘g‘riligi to‘g‘risida ma’lumot;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning belgilangan tartibini buzish holatlari, hamda soliq solinadigan bazani aniqlashdagi tafovutlar bayoni.
16. Aktivlar saqlanishini tekshirish natijalari xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazilgan aktivlar inventarizatsiyasiga asoslanishi va ularning haqiqatda mavjudligi, saqlanishi va inventarizatsiya natijalarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobida aks ettirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni qamrab olgan bo‘lishi lozim.
17. Moliyaviy koeffitsiyentlarning hisob-kitobi va ularning tahlili quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
tekshirilgan moliyaviy hisobot asosida hisoblangan moliyaviy koeffitsiyentlar hamda bankrotlik alomatlari bo‘lganda majburiyatlarni qaytara olish koeffitsiyent ko‘rsatkichlari tahlili;
o‘tkazilgan tahlil natijalaridan kelib chiqib, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumot.
Hisob-kitob va tahlil uchun moliyaviy koeffitsiyentlarni tanlab olish auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
18. Auditorlik hisobotining yakuniy qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha auditorlik tashkilotining umumiy xulosalari va tavsiyalari;
buxgalteriya hisobi tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar, hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiya va takliflar;
auditorlik hisoboti tuzilgan sana;
auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi tomonidan auditorlik hisobotini olganligi to‘g‘risida belgi.
19. Auditorlik tashkiloti o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha tayyorlangan auditorlik hisobotiga asosan auditorlik xulosasini tuzishi lozim.
20. Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra quyidagilarga baho berishi lozim:
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq fikr bildirish uchun yetarli va lozim darajadagi dalillar olinganligiga;
alohida-alohida yoki umumiy birgalikda olinganda tuzatilmagan buzib ko‘rsatishlar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq muhim hisoblanishiga;
qabul qilingan hisob siyosatining asoslanganligiga va uning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga;
moliyaviy hisobotda aks ettirilgan axborotning ishonchli, qiyoslanuvchanli, tushunarli va o‘rinli ekanligiga;
moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzishga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligiga.
21. Auditorlik xulosasida auditorlik tashkilotining ijobiy yoki modifikatsiyalangan fikri ifodalanishi mumkin.
22. Auditorlik tashkiloti, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti barcha muhimlilik munosabatlarida uning moliyaviy ahvolini, moliyaviy natijalarini haqqoniy aks ettirsa va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelgan hollarda mazkur Standartning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi auditorlik xulosasida ijobiy fikr bildirishi lozim.
23. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasida modifikatsiyalangan fikrni bildirishi kerak, agarda:
olingan auditorlik dalillari asosida umumiy holda ko‘rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib ko‘rsatishlarga ega bo‘lsa;
umumiy holda ko‘rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib ko‘rsatishlarga ega emasligini aniqlash uchun yetarli darajadagi tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmasa.
24. Auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik xulosasida modifikatsiyalangan fikrni bildirish shaklini tanlab olish quyidagilarga:
modifikatsiyalangan fikrni bildirish uchun sabab bo‘lgan vaziyatlarning tavsifidan: moliyaviy hisobotni muhim buzib ko‘rsatish natijasida yoki yetarli darajadagi tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli moliyaviy hisobotni muhim buzib ko‘rsatish ehtimolining mavjudligiga;
moliyaviy hisobotga ta’sir qiluvchi buzib ko‘rsatish omillarining borligi yoki ularning ta’sir ko‘rsatish ehtimoli mavjudligining tarqalish darajasiga bog‘liq.
25. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotida ahamiyatli buzib ko‘rsatishlar mavjud bo‘lsa va ularning xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan bartaraf etilmasligi, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan hollarda auditorlik tashkiloti mazkur Standartning muvofiq shaklda salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasini tuzadi.
Shuningdek, quyidagi holatlarda ham salbiy fikr bildiriladi:
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-xo‘jalik operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin ular qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmaganda;
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati aniqlangan buzib ko‘rsatishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishga rozi bo‘lmaganda.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt auditorlik tekshiruvi davomida moliyaviy hisobotda aniqlangan buzib ko‘rsatishlarni bartaraf etsa salbiy fikr bildirilmaydi.
26. Moliyaviy hisobotdagi muhim buzib ko‘rsatishlar quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilingan hisob siyosati;
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilingan hisob siyosati qanday tarzda amalga oshirilganligi;
buxgalteriya hisobining asoslanuvchi tamoyillariga rioya qilmaslik, shuningdek moliyaviy hisobotda ma’lumotlarning to‘liq yoritilishi.
27. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilingan hisob siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy hisobotdagi muhim buzib ko‘rsatishlar quyidagi sabablarga ko‘ra vujudga keladi:
tanlab olingan hisob siyosati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmaganda yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt hisob siyosatiga o‘zgartirishlar kiritganda, biroq hisob siyosatidagi o‘zgartirishlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning va moliyaviy hisobotda yoritishning belgilangan tartibini bajarmaganda;
moliyaviy hisobot tegishli tushuntirishlar bilan birga haqiqatda sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari va voqealarning mohiyatini ishonchli aks ettirmaganda.
28. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilingan hisob siyosati qanday tarzda amalga oshirilganligi bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy hisobotdagi muhim buzib ko‘rsatishlar quyidagi hollarda vujudga keladi:
qabul qilingan hisob siyosati xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan bir davrdan ikkinchi davrgacha yoki bir turdagi xo‘jalik operatsiyalari va voqealariga nisbatan izchillik bilan qo‘llanilmaganda va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmaganda;
qabul qilingan hisob siyosatini noto‘g‘ri qo‘llash oqibatida.
29. Buxgalteriya hisobining asoslanuvchi tamoyillariga rioya qilmaslik, shuningdek moliyaviy hisobotda axborotlarni to‘liq yoritish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy hisobotdagi muhim buzib ko‘rsatishlar quyidagi hollarda vujudga keladi:
moliyaviy hisobot Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish (ro‘yxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) nazarda tutilgan barcha ma’lumotlarni ochib bermaganda;
moliyaviy hisobotda ushbu hisobotning ishonchliligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar yoritilmaganda.
30. Izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi quyidagi hollarda tuziladi:
agar auditorlik tashkiloti yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olib, alohida-alohida yoki umumiy holda ko‘rib chiqilayotgan buzib ko‘rsatishlarning ta’siri muhim hisoblanib, biroq moliyaviy hisobotning ko‘pchilik muhim elementlariga ta’sir qilmaydi degan xulosaga kelganda;
agar auditorlik tashkiloti o‘z fikrini asoslash uchun yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganda, biroq u aniqlanmagan buzib ko‘rsatishlarning ta’siri moliyaviy hisobot uchun muhim bo‘lishi mumkin, lekin moliyaviy hisobotning ko‘pchilik muhim elementlariga ta’sir qilmaydi degan xulosaga kelganda.


Download 80.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling