Iqtisodiyot fakulteti mustaqil ish mavzu: xorijiy valyutalar bilan bog


O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”


Download 45.29 Kb.
bet2/3
Sana19.01.2023
Hajmi45.29 Kb.
#1102499
1   2   3
Bog'liq
buxgalteriya

2 O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”
Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar qiymati, buxgalteriya hisobida aks ettirish maqsadida, so‘mda qayta hisoblanishi lozim. Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar qiymatini so‘mda qayta hisoblash ushbu chet el valyutasining so‘mga nisbatan Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun mazkur so‘mdagi qayta hisoblash chet el valyutasida operatsiya sodir etilgan sanadagi Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarning sodir etish sanalari mazkur BHMCning ilovasida keltirilgan. Buxgalteriya hisobida konsignantga nisbatan chet el valyutasidagi kreditorlik qarzi konsignatsiyaga olingan tovarlarni sotish sanasida, ana shu sanadagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha vujudga keladi. Qarzdorlikning keyingi hisobi mazkur BHMSga muvofiq amalga oshiriladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar)ni chet el valyutasiga ekvivalentlikda belgilaydigan, o‘zaro hisob-kitoblarni esa milliy valyuta — so‘mlarda amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar xizmat ko‘rsatish sanasidan boshlab to‘lov kelib tushgan sanaga qadar davr ichida Markaziy bank kursining o‘zgarishi munosabati bilan yuzaga keladigan kurs farqini moliyaviy faoliyatdan daromad (xarajat) sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib boradilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar har oyda balansning valyuta moddalarini hisobot oyining oxirgi sanasidagi va xo‘jalik operatsiyalarini sodir etish sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha qayta baholashni amalga oshiradi.
Mazkur BHMSda qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi:
a) kassadagi va bank hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘lari;
b) to‘lanishi yoki olinishi chet el valyutasida belgilangan debitorlik va kreditorlik
qarzlari, kreditlar va qarzlar, pul ekvivalentlari va boshqa aktivlar va majburiyatlar.
Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) chet el valyutasida xarid qilingan xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zaxiralari;
b) xo‘jalik yurituvchi subyekt, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalining miqdorlari va ta’sischilari (ishtirokchilari) ulushlarining nisbati;
v) ustav kapitaliga va aksiyalarga investitsiyalar.
Yuzaga kelgan kurs farqi, xo‘jalik yurituvchi subyektning xohishiga ko‘ra moliyaviy natijalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib borish yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda ― to‘g‘ridan to‘g‘ri olib borish usuli) yoki jamg‘arish yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda — jamg‘arish usuli) hisobdan chiqariladi.
Sug‘urta tashkilotlarida kurs farqlarini hisobdan chiqarish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish usulida kurs farqlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga paydo bo‘lishiga qarab olib boriladi.
2019-yil 1-yanvardan boshlab jamg‘arish usuli qo‘llanilmaydi. 2019-yil 1-yanvargacha jamg‘arilgan kurs farqlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga quyidagicha olib borilishi mumkin:
a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha ― ularning to‘lanishiga (yoki hisobdan chiqarilishiga) qarab;
b) qolgan hollarda ― balansning tegishli valyuta moddalari bilan xo‘jalik operatsiyalarining sodir etilishiga qarab.
Jamg‘arilgan kurs farqlari moliyaviy natijalarga chet el valyutasining bir birligiga to‘g‘ri keladigan kurs farqlarining o‘rtacha miqdori bo‘yicha olib borilishi mumkin.
Kurs farqini olib borishda qo‘llanayotgan usullar majburiy ravishda xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Balansning turli xildagi valyuta moddalariga kurs farqini olib borishning turli usullari qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi.
Kurs farqlarini olib borishning jamg‘arish usulidan to‘g‘ridan to‘g‘ri olib borish usuliga o‘tishda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida oldingi jamg‘arilgan kurs farqlari xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisob siyosati qabul qilingan kalendar yilining oxirigacha har oyda (bir me’yorda) hisobdan chiqariladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib borilgan ijobiy (salbiy) kurs farqi moliyaviy faoliyatning daromadlari (xarajatlari) tarkibida hisobga olinadi.
Buxgalteriya hisobida ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushini chet el valyutasida kiritishi, ulushni kiritish sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida belgilangan va ustav kapitaliga ulushlar kiritish legitim so‘mlarda amalga oshirilgan hollarda ham, qayta hisoblash Markaziy bankning ulushlarni kiritish sanasidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasidagi va ustav kapitaliga mablag‘larni haqiqatda kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari o‘rtasidagi vujudga keladigan kurs farqi buxgalteriya hisobida qo‘shilgan kapital sifatida aks ettiriladi.



Download 45.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling