Iqtisodiyot” fakulteti “real iqtisodiyot” kafedrasi


I бўлим. "Умумий қоидалар"


Download 96.73 Kb.
bet3/22
Sana28.01.2023
Hajmi96.73 Kb.
#1134778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Jamshidbek Avlayev

I бўлим. "Умумий қоидалар"


1.1 O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi 712–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 16-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
1.2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
1.3. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi” nomidan faqat ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq foydalanilishi mumkin. Boshqa tashkilotlar o‘z nomlarida “savdo-sanoat palatasi”, “savdo palatasi”, “sanoat palatasi” degan so‘z birikmalaridan hamda ular asosida tuzilgan so‘z birikmalaridan foydalanishga haqli emas.
1.3.1 O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
1.3.2. Palata faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, Palata a’zolarining teng huquqliligi, mustaqillik, ochiqlik, oshkoralik hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligidan iboratdir.
1.3.3 Palataning vazifalari quyidagilardan iborat:
tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi davrida qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, xususiy mulk va tadbirkorlikning rivojlanishiga, ularning ustuvorlik rolini, shuningdek daxlsizligini ta’minlashga, mamlakat aholisini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga barcha choralar bilan ko‘maklashish;
1.3.4 Palata o‘z faoliyatida davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir.
.Davlat Palataning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlashga bo‘lgan huquqini qonunchilikka muvofiq ta’minlaydi.
1.4. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish sohasida Palata quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatining tahlilini o‘tkazadi;
1.5. davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga nisbatan da’vo arizalari bergan tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ifoda etadi;
Palata a’zolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatining monitoringini amalga oshiradi hamda ushbu faoliyatni tekshirishlarda ishtirok etadi.
1.6. Palata a’zolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatining monitoringini amalga oshiradi hamda ushbu faoliyatni tekshirishlarda ishtirok etadi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish sohasida Palata qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
1.7. Palata a’zolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatining monitoringini amalga oshiradi hamda ushbu faoliyatni tekshirishlarda ishtirok etadi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish sohasida Palata qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 96.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling