Iqtisodiyot” fakulteti “tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi malakaviy amaliyot hisoboti


Download 132.81 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi132.81 Kb.
#1586664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliya.Amaliyot hisoboti

Dotatsiya
Ma’nosi: Lotincha “dotatio” so’zidan olingan bo’lib,”tuhfa” degan ma’no anglatadi.
Ta’rifi: Ma’lum xara.larni qoplash uchun iqtisodiyotning bir subyekt(yakka shaxs) i tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan pul mablag’I berilishi.Dotatsiya odatda davlat byudjetidan ajratiladi.
Subsidiya
Ma’nosi: Lotincha “subsidium” so’zidan olingan bo’lib, “yordam”, ”nafaqa”, ”qo’llab-quvvatlash” kabi ma’nolarni anglatadi.
Ta’rifi: Davlat byudjeti,mahalliy byudjetlar mablag’lari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga,mahalliy organlarga,boshqa davlatlarga beriladigan pul mablag’i yoki natural shaklidagi yordam.Subsidiya davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi.
Subvensiya
Ma’nosi: Lotincha “subvenire” so’zidan olingan bo’lib, “yordamga kelmoq” degan ma’noni anglatadi.
Ta’rifi: Qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari.Subvensiya asosan Mintaqalarni rivojlantirish uchun va o’zini o’zi moliyaviy tomondan to’la ta’minlolmaydigan hududlar uchun ajratiladi.
Ta'lim va sog'liqni saqlashning aholiga tekin xizmat qilishi hamon ustuvorligicha qolayapti. Umumiy ta'limni tekin va kasbiy ta'limni tanlov asosida o'tkazish kafolatlanganligicha qolmoqda. Aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga katta e'tibor berilmoqda. Ish haqining eng kam darajasini oshirish, ishsizlik bo'yicha berilishi lozim bo'lgan nafaqalarning miqdorini ko'paytirish, maktab yoshigacha bo'lgan bolalar, maktab o'quvchilari, studentlarning ovqatlanish xarajatlarini kompensatsiya qilish, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini tartibga solish bo'yicha choralar ko'rilmoqda.
Iqtisodiyotning qishloq xo'jaligi tarmog'iga byudjetdan katta rniqdorda mablag' berilmoqda. Bu tarmoq ustuvor ravishda qo'llab-quvvatlanishi lozim bo'lgan tarmoq hisoblanadi. Qishloq xo'jaligiga beriladigan subsidiyalar ikki ko'rinishda taqdim etilyapti:
1) qishloq xo'jaligi mahsulotlari uchun kafolatlangan baholarni qo'llab-quvvatlash;
2) ishlab chiqarish maqsadlari - qishloq xo'jaligi mashinalari, mineral o'g'itlar sotib olish va omborxonalar qurish uchun.
Byudjetning harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o'z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi bilan bog'liqdir. Byudjet mablag'lari hisobidan Qurolli Kuchiarning barcha turlari moliyalashtiriladi.
Harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) to'g'ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlarga bo'linadi. To'g'ri (bevosita) harbiy xarajatlar strategik quroUarni ishlab chiqarish yoki sotib olish, Qurolli Kuchlarning shaxsiy tarkibini tayyorlash va saqlash, harbiy xarakterdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish xarajatiaridan iborat bo'lishi mumkin. Bu turdagi harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) urush harakatlari sodir etilayotgan paytda va mamlakat iqtisodiyotining militarizatsiyalashuvi sharoitida keskin oshadi.
Egri (bilvosita) harbiy (mudofaa) xarajatlar(i)ga urush nogironlari va vafot etganlar oilalariga beriladigan pensiya va nafaqalar, fuqarolik idoralarining moddalari bo'yicha o'tadigan xarajatlar (rnasalan, yo'l va strategik ob'ektlarni qurish xarajatlari) ning bir qismi kiradi.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi (tegishli qonunning 19-moddasi):
• Qoraqalpog'iston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining joriy xarajatlari;
joriy byudjet transfertlari;
• kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog'liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bo'igan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish);
• qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlari.

Download 132.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling