Iqtisodiyot” fakulteti “tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi malakaviy amaliyot hisoboti


Download 132.81 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi132.81 Kb.
#1586664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliya.Amaliyot hisoboti

Moliyaviy siyosatga berilgan boshqacha ta’rif :
Moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmui(yig'indisi) dir.
Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo'Iishi mumkin:
• raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog'Iom faoliyat ko'rsatishiga erishish;
• yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish;
• raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka erishish;
• korxonaning bozor qiymatini maksimaliashtirish;
• korxona iqtisodiy salohiyatining o'sish sur'atlarini barqaror o'stirish;
• ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish;
• foydani maksimallashtirish;
• xarajatlarni minimallashtirish;
• rentabelli faoliyatni ta'minlash;
• va boshqalar.
Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi:
• moliya tizimi bo'g'inlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
• barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi;
• barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish.
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
• oxirgi maqsadga bog'liqlik;
• xo'jalikdagi barcha tarmoqlaming makroiqtisodiy mutanosibligi;
• jamiyat a'zolarining manfaatiariga muvofiqligi;
• haqiqiy imkoniyatiar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.

4.Davlat byudjetidan tashqari jamg’armalar
Davlat Moliyasi davlatni kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyalarini bajarish uchun pul mablag’lari bilan ta’minlashga undalgan Moliya tizimining muhim bug’inidir. Davlat Moliyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Davlat byudjeti.
- Byudjetdan tashqari jamg’armalar.
- Davlat kreditlari.
- Davlat korxonalari Moliyasi.
Davlat Moliyasining sanab о‘tilgan turli xildagi bug’inlari bо‘yicha davlat iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning tarmoq va hududiy muammolarning yechimlarini keng miqyosda hal etadi.
Davlat Moliyasi tarkibida alohida о‘rinni egallaydigan byudjetdan tashqari jamg’armalar tegishli hukumat organlarining byudjetiga bog’liq bо‘lmaydi va mustaqil Yuridik shaxs huquqiga egadirlar.
Byudjetdan tashqari jamg’armalar hukumat organlari qabul qilgan qonun doirasida tashkil etiladi.
Amaliyotda har bir Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armasining moliyaviy manbalari har xil bo'ladi. Lekin shartli ravishda ularning quyidagi guruhlardan tashkil topishi jahon tajribasida namoyon bo'lmoqda:
• mos ravishdagi fondlar uchun davlat tomondan o'rnatilgan maxsus maqsadli soliqlar, yig'imlar va ajratmalar;
• xo'jalik sub'ektlarining iqtisodiy-moliyaviy samarasidan ajratmalar;
• Daviat byudjeti mablag'lari;
• fondlarni yuridik shaxs sifatida tijorat faoliyati(moliya bozori)dan oigan foydalari;
• tijorat banklarining kredit resurslari.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini o'zlarining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish zaruratiga ko'ra ikkita katta guruhga bo'lish mumkin:
1. Ijtimoiy xususiyat kasb etuvchi jamg' armalar. Bularning tarkibiga Pensiya jamg'armasi, Bandlikni qo'llab-quvvatIash Davlat jamg'armasi, Maktab ta'limi jamg'armasi, Majburiy tibbiyot sug'urtasi jamg'armasi, Aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash jamg'armasi va boshqalar kiradi;
2. Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi jamg'armalar. Bularning tarkibi Respublika Yo'l jamg'armasi, Taraqqiyot va tiklanish zaxira jamg'armasi va boshqalardan iborat.
Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida bir qator Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar:
1. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg'armasi.
2. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika Yo'l jamg'armasi.
3. O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi O'zbekiston Respublikasi aholisining bandligini qo' llab-quvvatlash jamg' armasi.
4. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Maktab ta'limini rivojlantirish jamg'armasi (2004-2009 yillarga mo'ljallangan).
5. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi «Sug'oriladigan yerlarni meliorativ yaxshilash» jamg'armasi.
6. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi.


Download 132.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling