Iqtisodiyot” fakulteti “tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi malakaviy amaliyot hisoboti


Download 132.81 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi132.81 Kb.
#1586664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliya.Amaliyot hisoboti

3.Moliyaviy siyosat haqida
Moliya siyosati, byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish bo’yicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini o’z ichiga oladi.
Moliya siyosati taʼsir koʻrsatadigan asosiy obyektlar — aholining turli qatlamlari, davlat institutlari (tashkilotlari), sanoat va xoʻjalikning boshqa sohalari, mintaqalar va mamlakatlarning umumiy hududi. Moliya siyosatining asosiy quroli va tarkibiy qismi — davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari, zayomlari, soliq imtiyozlaridir. Davlat tomonidan tanlagan iqtisodiy siyosatga va maqsadlarga qarab ayrim bandlar bo’yicha xarajatlarni ko’paytirish yoki kamaytirish orqali mamlakat hayotining u yoki bu tomonlariga, davlat institutlariga, iqtisodiyot tarmoqlariga, masalan: harbiy xarajatlarni yoki ilmiy texnik taraqqiyot uchun xarajatlarni ko’paytirib yoki kamaytirib, faol taʼsir etish mumkin. Davlat daromadlar, ularning miqdori, soliqlar tizimi orqali iqtisodiy o’sish surʼatiga, aholi farovonligiga taʼsir koʻrsatishi, inflatsiya jarayonlarini va h.k.ni boshqarishi mumkin.
Doimiy daromadlardan olinadigan moliyaviy resurslar yetishmagan hollarda qarzlar qoʻllaniladi, ularning hajmi va ularga xizmat koʻrsatish tartibi ham iqtisodiyot holatiga taʼsir koʻrsatadi. Soliq imtiyozlari Moliya siyosatining muhim usullaridan biri hisoblanadi, ularning yordami bilan davlat iqtisodiyotning muhim tarmoqlari taraqqiyotini tezlashtirishi, aholining ayrim qatlamlari yoki toifalarining daromadiga bilvosita taʼsir etishi mumkin. Imtiyozlar va soliq solish boʻyicha preferensiyalar keyingi oʻn yilliklarda taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotida ayniqsa keng rivojlanmoqda. Masalan: AQShda imtiyozlarning umumiy miqdori (yaʼni davlatning soliqlar toʻgʻrisidagi qonunga binoan olinadigan soliqlardan maqsadli voz kechishi) federal byudjetning yarmiga yaqinini tashkil etadi. Moliya siyosati pul-kredit siyosati bilan qoʻshilib ketadi va oʻz tadbirlarini oʻtkazishda uning usullaridan foydalanadi. Moliya siyosatining muhim tomoni shundaki, bu siyosat odatda hukumat va uning qarorlarini tasdiqlaydigan davlat organlarining bevosita tasarrufida va boshqaruvida boʻladi, pul-kredit tadbirlari bilan pul hukmdorlari — Markaziy bank tipidagi korxonlar shugʻullanadi. Makrodarajada Moliya siyosati davlat siyosati, mikrodarajada korxona, tashkilotlar va xonadonlar Moliya siyosatidan iborat. Moliya siyosatining tarkibiy qismi — byudjet siyosatining maqsadi davlat harajatlarini muqim ravishda pul bilan taʼminlashdir. Buning uchun byudjetning daromad qismi taʼminlanadi, byudjet daromadi va xarajatlari balanslashtiriladi, byudjet taqchilligini meʼyorida (YAIMga nisbatan 3%) boʻlishiga erishiladi.
Firmaning Moliya siyosati — bu firmaning oʻz moliya resurslarini hosil qilish va ularni samarali ishlatishga qaratilgan choratadbirlaridir. Bundan maqsad firmaning rentabel boʻlishi, likvidligini taʼminlash va oʻz-oʻzini moliyalashtirishga erishishdir. Firma Moliya siyosati uning pul fondlaridan oqilona foydalanishiga, uning qarzdorligining meʼyorida boʻlishiga, pul mablag’larining oʻz vaqtida aylanib turishiga, moliyaviy majburiyatlarning vaqtida bajarilishiga qaratiladi. Firma Moliya siyosatini uning egalari ishlab chiqadi, amalga oshirilishini esa moliya menejeri taʼminlaydi. Xonadon Moliya siyosati — uning daromadlari va harajatlarini balanslashtirish, yaʼni daromad manbalarini topish, daromadlarni oqilona ishlatish va farovonlikni oshirishni koʻzlaydi.
Moliya siyosatining natijasi uning asoslangan boʻlishi, real imkoniyatlardan kelib chiqishi va uni izchil amalga oshirilishiga bogʻliq.
Siyosat, siyosiy ta'sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
• bosh mqqsadni aniqlash va qo'yish hamdajamiyat hayotining ma'lum bir davriga xos qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bo'lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlashtirish;
• qo'yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboJdagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va aniq shakllarini ishlab chiqish;
• qo'yilgan vazifalami yechishga qodir bo'lgan kadrlami tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning bajarilishini tashkil etish.

Download 132.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling