Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Download 2.53 Mb.
bet142/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Ko’plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega bo’lib, o’zlarining ichki iste’moli uchun zarur bo’lgan barcha tovarlarni etarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo’li hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog’dagi xarajatlaridan yuqori bo’lgan mahsulotlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo’lgan o’z ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarilgan chog’da sarflanishi lozim bo’lgan resurslarning tejalishi natijasida olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtirokini ifodalovchi bir qator ko’rsatkichlar ham mavjud. Masalan, tarmoq ishlab chiqarishining xalqaro ixtisoslashuvi darajasi ko’rsatkichlari sifatida taqqoslama eksport ixtisoslashuvi koeffitsienti (TEIK) hamda tarmoq ishlab chiqarishidagi eksport bo’yicha kvotadan foydalanish mumkin. TEIK quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
,
bu erda:
Eo – mamlakat eksportida tovar (tarmoq tovarlari yig’indisi)ning solishtirma salmog’i;
Em – jahon eksportidagi shu turdagi tovarlarning solishtirma salmog’i.
Agar nisbat birdan katta bo’lsa, bu tarmoq yoki tovarni xalqaro jihatdan ixtisoslashgan tarmoq yoki tovarlarga kiritish mumkin va aksincha.
Eksport bo’yicha kvota milliy sanoatning tashqi bozor uchun ochiqlik darajasini ifodalaydi:
,
bu erda: E – eksport qiymati.
Eksport buyicha kvotaning ko’payishi ham mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokining, ham mahsulot raqobatbardoshligining o’sib borishidan darak beradi.
Mamlakatdagi aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) – bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur etkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo’lgan qismi.
Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar aylanmasini tashkil etadi. Qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarni o’z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun olgan taqdirda reeksport ro’y beradi. Reeksport bilan reimport uzviy bog’liq. Reimport iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi.
Eksport va importning harakatida ham multiplikatsiya samarasi mavjud bo’lib, bu omilni hisobga olish o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada taniqli iqtisodchi olimlardan J.Keyns, R.Kan, F.Maxlup, P.Samuelson va boshqalar tashqi savdo multiplikatori to’g’risidagi nazariy asoslarni yaratishda katta hissa qo’shdilar.

Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling