Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Download 2.53 Mb.
bet166/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

Turg’unlik (depressiya) — ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini bildiradi va bu fazada Iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart sharoit vujudga kelish nixoyasiga etadi.
Jonlanish — Iqtisodiy tsiklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib borishiga utishini xarakterlovchi fazasi.
Yuksalish — Iqtisodiy tsiklning Iqtisodiyotda tulik bandlikka erishilishi, ishlab chiqarishning inkirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va tulovga layokatli talabning kengayib borishini xarakterlovchi fazasi.
Tarkibiy inqirozlar — Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalaydi.
Agrar inqirozlar — qishlok xo’jaligida ruy beradigan Iqtisodiy inqirozlar bulib, tsikllik xarakterga ega bulmaydi va sanoat tsikllariga Karaganda ancha o’zoq xarakterlanadi.
Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari - Iqtisodiy o’sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat va natural (jismoniy) ko’rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiv Iqtisodiy o’sish - ishlab chiqarishga qo’shimcha Iqtisodiy resurslar jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Intensiv Iqtisodiy o’sish - ishlab chiqarish omillarining rivojlanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi.
Ustuvor ekstensiv Iqtisodiy o’sish - Iqtisodiy o’sishda ekstensiv omillarning ustuvor o’rniga ega ekanligini bildiradi.
Ustuvor intensiv Iqtisodiy o’sish - Iqtisodiy o’sish intensiv omillarning yuqori o’rniga egaligini bildiradi.
Natural ishlab chiqarish - bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo’jalik ehtiyojlari uchun mo’ljallanadi.
Tovar ishlab chiqarish - bunda tovarlar o’zining iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning iste’molini qondirish maqsadida ishlab chiqariladi.
Bozor_Iqtisodiyoti'>Bozor Iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan Iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va Iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisidir.
Bozor ob’ekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan Iqtisodiy faoliyatning natijalari va Iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.

Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling