Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Download 2.53 Mb.
bet167/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

Bozor sub’ektibozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir.
Bozor infratuzilmasi – ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
O’tish davri – bir Iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud Iqtisodiy munosabatlardan butunlay boshqa, yangi Iqtisodiy munosabatlarga o’tish taqozo qilinadigan davrdir.
Bozor islohotlari – bozor Iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlar – Iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlardir.
Iqtisodiy uklad – turli mulkchilikka asoslangan xo’jalik yuritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish – nima va qancha ishlab chiqarishni qaerga, qanday bahoda sotishni tadbirkorning o’zi belgilashi lozim. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
Islohotlar kontseptsiyasi – ijtimoiy–Iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo’nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo’llarining umumiy g’oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish – tanglik holatlariga barham berish asosida makroIqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Iqtisodiy muvozanat - Iqtisodiy jarayonlar, xodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelish holati.
Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan Iqtisodiy miqdorlar yoki Iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi.
Umumiy muvozanatlik - jamiyat extiyojlari bilan mavjud Iqtisodiy resurslar va ishlab chiqarish xajmining o’zaro mos kelishi.
Retsession farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot xajmidan kam bo’lgan miqdori.
Inflyatsion farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot xajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori.

Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling