Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.
Reeksport – qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni o’z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib olishi.
Reimport – iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan bahosi.
To’lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o’rtasida ma’lum vaqt oralig’ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha Iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlar.
“IQTISODIYOT” FANIDAN
TEST SAVOLLARI
Iqtisodiyotning bosh masalasi va doimiy muammosi:
a) nima, qanday, qancha va kim uchun ishlab chiqarish;
b) ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun qancha ishchi kuchi sarflash kerak;
v) davlatning milliy daromadini qanday oshirish mumkin;
d) to’g’ri javob yo’q.
2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat?
a) ijtimoiy munosabatlarni o’rganish;
v)iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo’jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o’rganish;
g) huquqiy munosabatlarni o’rganish;
d) tabiiy jarayon va hodisalarni o’rganish.
3. Ehtiyoj - bu........
a) talab;
b) hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyat;
v) iste’mol jarayonida qo’llanilishi mumkin bo’lgan vosita;
d) to’g’ri javob yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |