Ish haqining iqtisodiy mazmuni
Umuman olganda, mehnat unumdorligi qancha katta bo’lsa, unga bo’lgan talab ham shuncha katta bo’ladi. Agar ishchi kuchiga umumiy taklif o’zgarmas tarzda bo’lsa, ishchi kuchiga bo’lgan talab shuncha kuchliroq va real ish haqiga bo’lgan talab ham shuncha ko’proq bo’ladi. AQShda va boshqa etakchi mamlakatlardagi ishchi kuchiga bo’lgan talab juda yuqori chunki o’sha mamlakatalarda ishchi kuchi yuqori darajada samarador hisoblanadi. Bunday yuqori samaradorlikning bir necha sabablari bor:
Juda ko’p kapitalning majvudligi.
Rivojlangan mamlakatlardagi ishchilar ko’p miqdordagi moddiy kapital jihozlar bilan ta’minlangan. AQShda, o’rtacha, har bir ishchi $90000 dollarlik moddiy kapital jihozlar bilan ta’minlanadi. Boy tabiiy resurslar bialn ta’minlanganlik Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda ishchi kuchiga nisbatan tabiiy resurslar juda ko’p miqdorgadir. Bu resurslarning ba’zilari mamlakat ichida bo’lsa, ba’zi qismi chetdan olib kelinadi. Misol uchun, AQSh unumdor er maydonlari, mineral resurslar va sanoat uchun kerakli bo’lgan energiya manbaalariga boy mamlakat hisoblanadi.
Takomillashgan texnologiya
Rivojlangan mamlakatlarda texnologik jihatdan takomillashish darajasi juda yuqori. Bu mamlakatlarda nafaqat ishchilar o’zlariga kerakli kapital jihozlar bilan ta’minlangan, balki o’sha jihozlar dunyodagi boshqa davlatlardagi ishchilarga ta’minlab berilgan jihozlardan texnologik jihatdan ancha takomillashgandir. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarda ishlash metodlari ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar natijasida yanada yaxshilanib bormoqda.
Mehnat sifati
Ishlab chiqarish va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda ishchilarning sog’lig’i, ishga bo’lgan layoqati, ta’lim va tajribasi va malakasi rivojlanayotgan mamlakatlardagiga qaraganda ancha yuqori. Bu degani taraqqiy etgan mamlakatlarda bir turdagi kapital va tabiiy resurslar bilan ham ishchilar boshqa horijiy kasbdoshlariga qaraganda ancha juda samaraliroq faoliyat ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |