Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Talab va taklifdagi uzgarishlar va ishchi kuchi bozorida talab va taklif uzgarishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 2.53 Mb.
bet62/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

2.Talab va taklifdagi uzgarishlar va ishchi kuchi bozorida talab va taklif uzgarishiga ta’sir etuvchi omillar

Endi e’tiborimizni ish haqining o’rtacha darajasidan ma’lum darajadagi ish haqiga qaratamiz. Ma’lum turdagi bajarilgan mehnat uchun unga tarif stavkasi qanday belgilanadi? Bu erda yana talab va taklif tahlilidan foydalanamiz. Keling, muhokamani sof raqobatdosh mehnat bozoridagi talab va taklifni o’rganishdan boshlaymiz. Bu turdagi bozorda:



  • Bir necha korxonalar ma’lum turdagi mehnatdan foydalanish uchun boshqa korxonalar bilan raqobatga kirishadi.

  • Bir hildagi ish tajribasiga ega bo’lgan ko’p malakali ishchilarning har biri o’sha turdagi ishchi kuchini taklif etadi.

  • Yakka tartibdagi korxonalar va ishchilar bu holatda ish haqini oluvchilar hisoblansa, vaholanki, ularning hech biri bozor tarif stavkasini nazorat qila olmaydi.

Ishchi Kuchi Uchun Bozor Talabi.
Tasavvur qiling, 200 korxonalarni ayni bir mehnat turi, aytaylik, duradgorlarga talabi bor. Bu korxonalar ayni bir sanoatda bo’lishi shart emas; sanoatlar o’zlari ishlab chiqaradigan mahsulotlar va o’zlari foydalanadigan resurslarga qarab nomlanadi. Shunday qilib, yog’och ramkali jihozlar, yog’ochdan ishlangan derazalar, yog’osh eshiklar, uy va boshqa turdagi yashash inshootlari va yog’och shkaflar ishlab chiqaruvchi korxonalarning, albatta, duradgorlarga talabi bo’ladi. Ma’lum turdagi mehnat faoliyati uchun umumiy yoki bozor mehnat egri chizig’ini topish uchun Grafa
Ishchi Kuchiga bo’lgan Bozor Taklifi
Sof raqobatdosh mehnat bozorining taklif tomonida hech qanday kasaba uyushmasi bo’lmaydi va ishchilar mavjud ish o’rinlari uchun raqobatga kirishishadi deb tasavvur qilamiz. Har bir ishchi kuchi uchun taklif egri chizig’i pastga yo’nalgan bo’ladi va bu esa ish beruvchilar ko’proq ishchilarni yollashlari uchun ko’proq tarif stavkalarini to’lashlari kerak bo’lishini ko’rsatadi. Bu shunday amal qiladi, chunki ish beruvchilar boshqa sanoatlardan, kasblardan va hududlardan ishchilarni jalb etishlari kerak bo’ladi. Imkoniyat darajasida ishchilar muqobil ish o’rinlariga ega bo’ladilar. Masalan, ular bir hududdagi boshqa ishlab chiqarish sanoatlarida ishlashlari mumkin yoki boshqa shaharlarda yoki shtatlarda o’z mutaxassisliklari bo’yicha kasblarda faoliyat ko’rsatishlari mumkin yoki ular boshqa kasblarda faoliyat ko’rsatishlari ham mumkin.
Bu ishchilarni ishga oluvchi korxonalar (bizning misolimizda, duradgorlar) ularga o’zlarining mavjud muqobil ish o’rinlarida olayotgan ish haqlaridan yuqoriroq maosh to’lashlari kerak bo’ladi. Shuningdek, ular hozirda ishlamayotgan ishchilarni yuqoriroq ish haqi to’lash orqali ham jalb etishlari kerak. Qisqa qilib aytadigan bo’lsak, boshqa mehnat bozorlarida ish haqlari o’zgarmas deb oladigan bo’lsak, ma’lum mehnat bozoridagi yuqori ish haqi ko’proq ishchilarni ayni shu mehnat bozorida faoliyat yuritishlariga qiziqtiradi22.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan, «Ekonomiks» darsliklarida, V.D.Kamaev rahbarligida nashr etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi va boshqalarda)23 ish haqini mehnat narxi sifatida, ayrimlari esa24mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi sifatida talqin etadilar. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto’g’ri tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funktsiya qilishi, uning ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo’lib, uning na qiymati, na narxi yo’qligi, bu jarayonni bozorga olib chiqib sotib bo’lmasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy amaliyotda ham hammaga ayon bo’lgan va allaqachon isbotlangan masaladir. Shuning uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham bo’ladi. Lekin bu g’oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish zarur. Bu ham bo’lsa ular mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan bog’lashga harakat qilganlar.

Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling