Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
Mamlakatdagi ishchi kuchi umumiy taklifini quydagi omillar belgilab beradi
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
Mamlakatdagi ishchi kuchi umumiy taklifini quydagi omillar belgilab beradi:
Mamlakat aholisini soni; Aholining umumiy sonida mehnatga yaroqli bo’lganlar salmog’i; Aholining jinsiy va yosh tarkibi. Mehnatning sof raqobatli bozorida ish haqi darajasining shakllanishi quyidagi xususiyatlariga ega bo’ladi: ish haqi darajasi alohida mehnat turiga yalpi talab va uning yalpi taklifi ta’sirida shakllanadi; alohida ishga yollanuvchilar va ishga yollovchilar ish haqi darajasiga ta’sir ko’rsata olmaydi; mehnatga umumiy talab yoki uning umumiy taklifidagi ancha katta o’zgarishlar ish haqi darajasida o’zgarish bo’lishiga olib keladi. Monopsoniya sharoitida ish haqi darajasi quyidagicha aniqlanadi: ishga yollovchilar ish haqi darajasini belgilashda nisbiy hukmronlikka ega bo’ladi; alohida mehnat turi taklifining cheklanishi ish haqi o’rtacha darajasining ko’tarilishiga olib keladi; mehnat turiga talab kamayganda ish haqi darajasi pasayadi. Ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasi (W) va band bo’lganlar soni (L) talab (D) va taklif (S) ning o’zaro ta’siri natijasida aniqlanadi. Mazkur bozorda muvozanatlik barcha tadbirkorlar W0 darajasida ish haqi to’lashga roziligini, etarli miqdorda bo’sh qo’llar mavjudligini va ishchi kuchiga talabi to’liq qondirilganligini anglatadi. Bozor muvozanati holatda barcha xodimlar to’liq ish bilan ta’minlangan va ish haqining W0 darajasida o’zlarining mehnatini tavsiya qilishiga tayyor bo’ladi. Shu sababli e nuqta to’liq bandlik holatini ko’rsatadi. Boshqa har qanday sharoitda ish haqi W0 darajadan farq qilib ishchi kuchi bozoridagi muvozanatlik buziladi. Real ish haqi muvozanatlik W0 dan W1 darajaga ortganda ish kuchi bozorida taklif (0 S1) talab (0 D1)dan D1 S1 miqdorga ortadi. Bunday sharoitda to’liq bandlikdan foydalanish ro’y beradi, ish o’rinlari barcha xoxlovchilarning ish haqining W1 darajasida ishchi kuchini sotishi uchun etarli bo’lmaydi. Yotiq o’qda D1 S1 kesma bilan aniqlanadigan ishchi kuchi taklifi ortiqchaligi vujudga keladi. Real ish haqi muvozanatlik darajaga nisbatan pasayganda ishchi kuchiga talab uning taklifidan S11 D11 miqdorga ortadi. Har ikki vaziyatda (ishsizlik va band bo’lmagan ish o’rinlari mavjud bo’lgan) sof raqobat bozor sharoitlari barqaror bo’lishi mumkin emas. Haqiqatda, agar ishchi kuchi taklifi unga bo’lgan talabdan ortsa, ishsizlik vujudga keladi, ishlab chiqarishda band bo’lganlar, ish o’rinlarini yo’qotib qo’ymaslik uchun, o’zlarining mehnat qilish layoqatini ancha past ish haqi darajasida ham taqdim qilishga tayyor turadi. Tadbirkorlar ham ish haqi pasayib borishi sharoitida ko’proq xodimlarni ishga yollashga xarakat qiladi. Shunday qilib, ish haqining pasayish tamoyili ishchi kuchi taklifi va unga bo’lgan talab sohasida ham qaror topadi. Ish haqi muvozanatili darajaga nisbatan pasaygan sharoitda ishchi kuchiga talab uning taklifidan ortsa ish beruvchilar bo’sh ish o’rinlarini to’ldirish uchun ish haqini oshirishga tayyor bo’ladi. Ish haqining bunday ortishi tufayli ishchi kuchini taklif qilishga tayyor xodimlar doirasi kengayadi. Ham birinchi, ham ikkinchi holatda ishchi kuchi bozorida muvozanatlilik tiklandi va to’liq bandlik holatiga keladi. Ishchi kuchi taklifining yana bir xususiyati shundaki, u kishilarning shaxsiy erki va afzal ko’rishiga bog’liq bo’ladi. Xodim qancha vaqt ishlashini, hamda vaqtning qancha qismini dam olish va boshqa muqobil ishlarga ajratishini o’zi hal qiladi. Ishchi kuchi bozoriga tadbiqan o’rnini bosish samarasi shunda nomoyon bo’ladiki xodim tomonidan bo’sh vaqtning har bir soati yo’qotilgan naf sifatida qaraladi. Shundan kelib chiqib, u bo’sh vaqtini qo’shimcha ish bilan to’ldirishga harakat qiladi va demak ish haqining o’sgan qismiga boshqa tovar (xizmat) larni ham sotib olish mumkin bo’ladi. w D Sw S w1 w0 E w2 D S Dw 0 S11 D1 L0 S1 D11 L Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling