Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
- 9-Mavzu. Makroiqtisodiyotga kirish. Reja.
- 1.Milliy iqtisodiyotning mazmuni va uning turlari.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Aholi daromadlari – aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori. Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi. Ixtiyorida bo’lgan daromad – barcha soliqlar to’langandan keyin qolgan daromad, ya’ni shaxsiy iste’mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga etadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid quvvatidir. Lorents egri chizig’i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni xarakterlaydi. Ijtimoiy to’lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko’rsatishga qaratilgan turli xil to’lovlar. Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosat. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani tushunasiz? Ijtimoiy adolatni ta’minlashda bu siyosatning roli qanday? Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni sanab ko’rsating. Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering. Turmush darajasini qanday ko’rsatkichlar xarakterlab beradi? Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko’rsating va ularga tushuntirish bering. 9-Mavzu. Makroiqtisodiyotga kirish. Reja. Milliy iqtisodiyotning mazmuni va uning turlari. Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot.Makroikiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularning amal kilishi. 1.Milliy iqtisodiyotning mazmuni va uning turlari. Hammaga ma’lumki, o’tmishda O’zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo’lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xom ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg’i, g’alla va boshqa ko’pgina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo’yicha markazga qaram bo’lgan iqtisodiyot meros bo’lib qolgan edi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov qisqa qilib aytganlaridek, «O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan»1 mamlakat edi. 1991 yil sentyabridan buyon o’tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo’lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom ashyo boyliklardan, butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o’z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo’lida foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldik.27 Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko’plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg’i va g’alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, izchil o’sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir. Shunday qilib, O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o’z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda. Milliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog’liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo’lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o’rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling