Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


«Qo’shimcha ishchi» nazariyasi


Download 2.53 Mb.
bet80/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

«Qo’shimcha ishchi» nazariyasi

«Rad etilgan ishchi» nazariyasi

Ishsizlikning yuqori foizi turmush qurgan ayollarning mehnatdagi ishtiroki hissasining oshib borishiga olib keladi. Chunki, ularning erlari ishsiz bo’lgan chog’da oilani ta’minlash uchun ayollarga ishlashga to’g’ri keladi. Demak, turmush qurgan ayolning ishga kirish borasidagi qarori nafaqat ish haqi, balki oilaning umumiy daromadiga bog’liq bo’ladi. Agar yuqori darajadagi ishsizlik erlar uchun ishlashga kam imkoniyat qoldirsa, u holda ayollarning ishlash ehtimoli oshadi.

Bandlikning yuqori darajasi turmush qurgan ayollar mehnatdagi ishtiroki hissasining pasayishiga olib keladi. Chunki, boshqa sharoitda ish qidirishi mumkin bo’lgan kishilarning hafsalasi pir bo’ladi va mehnat resurslarining miqdori pasayadi. Ya’ni, turmush qurgan ayollarning ishga kirish qarorini belgilovchi omil bo’lib oilaning daromadi emas, balki mehnat bozorining torligi hisoblanadi. Bozor qanchalik tor bo’lsa, ayollarning ish topishga harakat qilishi shunchalik kam ehtimolga ega bo’ladi.

Bu nazariyalardan qay biri to’g’riligini tekshirish maqsadida AQShning turli shaharlarida ishsizlar umumiy soniga nisbatan turmush qurgan ayollarning bandlik darajasini ko’rsatuvchi ma’lumotlar o’rganib chiqilgan. Tadqiqotlar ishsizlikning yuqori darajasi turmush qurgan ayollarning ishlovchilar umumiy sonidagi ulushining pastligi bilan bog’liqligini ko’rsatkan. Xususan, ishsizlar umumiy sonining 1%ga o’sishi turmush qurgan ayollarning ishlovchilar tarkibidagi ko’rsatkichini 1,4%ga pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, bu o’rinda ma’lumotlar «Rad etilgan ishchi» nazariyasini tasdiqlaydilar.


Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning makrodarajadagi o’zaro aloqasi jamiyatdagi mehnat taqsimoti bilan shartlangan ob’ektiv jihatdan zarur jarayon hisoblanadi. Bu jarayon xo’jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy manfaatlarining harakati shaklida maydonga tushadi.
Milliy iqtisodiyotning asosiy funktsional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o’sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Bunda makroiqtisodiy jarayonlarning sub’ektlari bo’lib alohida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (ishchi, tadbirkor, boshqaruvchi va boshqalar) emas, balki ularning nisbatan kengroq toifalari – aholi, mehnat resurslari, band bo’lgan ishchi kuchi, ishsizlar va boshqalar hisoblanadi.
Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’ektiv ravishda aks ettiruvchi ko’rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1) asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning holati va harakatini ob’ektiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;
2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondoshuv;
3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning ob’ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;
4) makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob’ektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o’ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;
5) ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromadlari va iste’moli darajasini o’stirishga yo’naltirish;
6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o’sishining yagona manbai bo’lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o’sishi ekanligini tushunish.
Ko’pgina mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o’sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko’rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig’idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi.
Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi.
Bu ko’rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko’rsatish sohalaridagi barcha xo’jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.

Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling