Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-Mavzu. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar Reja.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Mikroiqtisodiyot nima? Uning tadqiqot doirasiga qanday muammolar kiradi? 2. Mikroiqtisodiy nazariyada iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish xususiyatlarini izohlab bering. 3. Mikroiqtisodiy tahlilning qanday usullarini bilasiz? 4. So’nggi qo’shilgan miqdor nuqtai nazaridan tahlil (marjinalizm)ning mohiyati nimadan iborat? 5. Tahlilning muvozanatga asoslangan usuli nima? 6. Ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) o’zgaruvchilar tarkibiga nimalar kiradi? Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular iqtisodiyotning qanday ko’rinishlari uchun xos ekanligini izohlang. Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud? Makpoiqtisodiy ko’pcatkichlap nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o’ynaydi? YaIM va SMM bip-bipidan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy dapomad-chi? Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering. YaIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat. Nominal va real YaIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko’rsating. Agar joriy yildagi nominal YaIM hajmi 700 mlrd. so’mga, narx indeksi 1,5 ga teng bo’lsa, real YaIM hajmi qancha bo’ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng bo’lsa-chi? Takroriy hisob, qo’shilgan qiymat, oraliq mahsulot va pirovard mahsulot tushunchalarini izohlab bering. Sof iqtisodiy farovonlik ko’rsatkichining mohiyati hamda hisoblash tartibini tushuntirib bering. 10-Mavzu. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar Reja. 1.Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar. 2.YaIM tushunchasi va uning xisoblash usullari O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirilgan iqtisodiy va institutsional islohotlar jarayonida mamlakat ri-vojlanishini belgilab beruvchi rasmiy qoidalar va normalarni o’z ichiga oluvchi tad-birkorlik va ishbilarmonlik muhiti shakllandi. Shakllangan tadbirkorlik muhiti mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlariga hamda yangicha boshqarish tizimini barpo etilishiga ; moddiy, tabiiy, mehnat va boshqa resurslardan samarali foydalanish esa iqtisodiy o’sishga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Natijada mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari ta’minlandi. Shu bilan bir vaqtda O’zbekistonda Harakatlar strategiyasi tamoyillariga va ustu-vor yo’nalishlariga amal qilgan holda rivojlanishning strategik maqsadlari jahon andozalariga mos ravishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning Farmonlari, ma’ruzalari va chiqishlarida belgilab berilgan barqaror iqtisodiy rivojlanishning ustuvor vazifalarning amalda ijrosini ta’minlash, O’zbekiston iqtisodiyoti va uning hududlari rivojlanishini ta’minlamoqda. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishini baholash mezonlaridan biri sifatida iqtisodiy o’sish ko’rsatkichi qabul qilingan. Ushbu ko’rsatkich muayyan davr mobaynida real YaIM hajmining o’tgan davrdagiga nisbatan oshishi, to’liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chiqarish darajasining uzoq muddatli ko’payishi ten-dentsiyasini anglatadi. Shuni hisobga olganda, O’zbekistonda aholi turmush daraja-sini oshirish, ijtimoiy muammolarni echish, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi iqtisodiy va siyosiy mavqeini mustahkamlashga erishish va makroiqtisodiy barqaror-lik va iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiy islohotlar strategiyasining asosiy maqsadi qilib belgilab olingan. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida iqtisodiyot tizimini sog’lomlashtirish hamda iqtisodiy o’sishni yuqori sur’atla-rini ta’minlash maqsadida quyidagi masalalarni hal etish lozimligi qayd etilgan: ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish; iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash; «yashirin» iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro’yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash. Ushbu masalalarni samarali hal etish, bizning fikrimizcha mamlakatimizda eri-shilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash bilan birga yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlashga keng imkoniyatlar yaratadi. Makroiqtisodiy barqarorlik (macroeconomic stability), bu milliy valyuta alma-shuv kursining, soliq stavkalari va bojxona bojlarining va xo’jalik sohalarining barqarorligidir. Barqarorlik ishsizlikning past darajasini va iqtisodiy o’sish-ni ta’minlanishi hisoblanadi. Bu hokimiyatning kuchayishi, jamiyat hayotining har jabhasida qonunlarning so’zsiz amal qilishi va mamlakat oltin-valyuta zaxirasining o’sishi orqali ta’minlanadi. «Barqaror iqtisodiy o’sish» makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi bilan cham-barchas bog’liq. Barqarorlik – ma’lum bir tizimning tashqi ta’sirlar ostida joriy holatini saqlash qobiliyati hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlik esa bu resurslardan foydalanish va aholi turmush darajasi o’rtasidagi uzoq muddatli muvozanatning saqlanishidir. Ilmiy manbalarda ushbu tushunchalarning turli talqinini uchratish mumkin. Umuman olganda, ilmiy adabiyotlarda «barqaror iqtisodiy o’sish» tushunchasining qator ta’riflari mavjud. Xususan, «Barqaror iqtisodiy o’sish » tushunchasi milliy iqtisodiyotning shunday bir holatini ifodalashi kerakki, unda salbiy yoki nolga teng bo’lishi mumkin bo’lgan real o’zgaruvchan mezon va ko’rsatkichlar uzluksiz mutanosib sur’atda o’sishi lozim. Xalqaro ekspertlar tomonidan mamlakat miqyosida makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganlik darajasi quyidagi omillar yordamida baholanadi: – iqtisodiy o’sish; – to’la bandlik; – ichki narxlarning barqarorligi (past darajada inflyatsiya); – milliy valyutaning barqarorligi; – barqaror to’lov balansi; – davlat byudjeti defitsiti YaIMga nisbatan 3 foizdan oshmaganligi; – mamlakat aholisi orasida daromadlarning odil taqsimlanish darajasi va bosh-qalar. Bizning fikrimizcha, O’zbekistonda iqtisodiyot barqaror rivojlanishining muhim yo’nalishi sifatida xususiy mulkchilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ustuvor rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratish lozim. Shuni hisobga olib, kichik biznesning yangi sub’ektlarining tashkil etilishi va rivojlanishini har tomonlama rag’batlantirish, kichik biznes nufuzini oshirish, ularni qo’llab-quvvatlashni faol-lashtirish hamda himoya qilishning institutsional normalarini yanada takomillash-tirish lozim. Shu bilan birga iqtisodiy o’sishni barqaror sur’atlarini ta’minlash uchun iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish uchun boshqarish usullari takomillashtirish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari, ayniqsa sanoat va qishloq xo’jaligida iqtisodiy o’sishi resurslardan foydalanishni kengaytirish hisobiga emas, balki sifat jihatda takomillashtirilgan ishlab chiqarish kooperatsiyasi va klaster mexanizmini joriy etish hisobiga erishish, samarali yo’l bo’lib hisoblanadi. Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish bo’yicha amalga oshiri-lgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling