Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 2.53 Mb.
bet82/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

Asosiy tayanch tushunchalar:
Mikroiqtisodiyot - yaxlit iqtisodiyot nazariyasining alohida xo’jalik sub’ektlari, tarmoq va bozorlarni o’rganishga qaratilgan nisbatan kichik darajasi.
Pozitiv tahlil - iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tushuntirish va bashoratlashda qo’llaniluvchi tahlil usuli.
Normativ tahlil - iqtisodiyot qanday holda samarali amal qilishini, iqtisodiy jarayonlar o’z natijasini berishini o’rganuvchi tahlil usuli.
To’liq ratsionallik - iqtisodiy sub’ekt mavjud axborotdan eng yuqori darajada foydalanib, qilingan xarajatlar bilan olingan natijalar o’rtasidagi eng yuqori tafovutga erishuvchi nazariy holat.
Cheklangan ratsionallik - axborotlarni to’plash va tahlil qilishning qiyinligi tufayli xo’jalik qarorlarini qabul qilishda undan to’liq foydalanishning mumkin emasligi holati.
Marjinalizm nazariyasi – bu xo’jalik munosabatlariga jalb etilgan alohida sub’ektning ruhiyati nuqtai-nazaridan amalga oshiriluvchi iqtisodiy tahlil.
Funktsiya – bu bir qator o’zgaruvchilarning boshqalariga bog’liqligini aks ettiruvchi matematik tushuncha.
Makroiqtisodiyot – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
Milliy hisoblar tizimi – milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar tizimi.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati.
Sof milliy mahsulot (SMM) – amortizatsiya ajratmalari summasiga kamaytirilgan YaIM sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan iborat bo’ladi.
Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo’lib, SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug’urta ajratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo’liga kelib tushadigan ijtimoiy to’lovlar summasini qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
Nominal YaIM – joriy narxlarda hisoblangan YaIM.
Real YaIM – narxlarning o’zgarishini hisobga olib, o’zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YaIM.
Qo’shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar.
Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo’lgan mahsulotlar.
Xufyona iqtisodiyot – YaIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.

Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling