Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot.Makroikiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularning amal kilishi


Download 2.53 Mb.
bet79/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

2.Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot.Makroikiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularning amal kilishi.

Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Iqtisodiyot ikki sohaga bo’linadi: mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot o’z ichiga quyidagi alohida iqtisodiy sub’ektlar faoliyatini oladi:



  1. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt – iste’molchilar, ishchilar, kapital egalari, zamindorlar, firmalar va hokazo.

  2. Alohida bozorlar – qurilish mollari bozori, mehnat bozori va hokazo.

  3. Alohida tarmoqlar – sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va hokazo.

Makroiqtisodiyot esa umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar yig’indisi bilan bog’langan (mamlakatdagi ishsizlik, inflyatsiya darajasi, foiz stavkasining o’zgarishi, iqtisodiy o’sish sur’ati va boshqalar). Biroq, keyingi vaqtlarda mikro- va makroiqtisodiyot o’rtasidagi chegara yo’qolib bormoqda. Sababi, makroiqtisodiy tahlil o’z navbatida mikrodarajadagi tahlilning uzviy davomiga aylanib bormoqda.
Mikroiqtisodiy tahlilda ham asosiy o’rinni nazariy qoidalarning ishlab chiqilishi egallaydi. Mazkur nazariy qoidalar asosida iqtisodiy hodisa va jarayonlar asoslab beriladi va prognoz qilinadi. Nazariy tahlil oddiy taxminlardan boshlanadi. Iqtisodiy nazariya, boshqa ilmiy nazariyalar singari, doimo ham mutloq aniqlikka ega bo’lmaydi. Nazariyaning foydaliligi va ahamiyati uning o’rganilayotgan hodisani qay darajada muvaffaqiyatli tushuntirib va prognozlab berishiga bog’liq bo’ladi. Shu maqsadda doimiy ravishda nazariya amaliyot bilan tekshirilib turadi. Bunday tekshiruvlar natijasida nazariyalar o’zgartirilib, takomillashtirilib turadi, ba’zida ulardan voz kechishga to’g’ri keladi.
Nazariya barcha hodisalar uchun bir xilda mos tushavermaydi, balki aksari hollarda hodisa va jarayonlarni to’g’ri ifodalab beradi.
R.Pindayk va D.Rubinfeldlarning «Mikroiqtisodiyot» nomli kitobida 2 xil o’zaro bog’liq nazariyaning muammoning echimini topishdagi qo’llanishi misol tariqasida keltiriladi:




Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling