Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Download 2.53 Mb.
bet125/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

3. Adolatlilik tamoyili - daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo’yicha teng bo’lgan kishilar teng miqdorda soliq to’lashi zarur.
Soliq bo’yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida o’rnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan:
- ob’ektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;
- soliq to’lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan, urush fahriylarini) ozod qilish;
- soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;
- soliq olinadigan summadan chegirish;
- soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma’lum miqdorga kamaytirish).
Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi.
Soliq stavkasi va daromadlar o’rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o’sib boruvchi), proportsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo’linadi.
Soliq
stavkasi


progressiv soliq


proportsional soliq
regressiv soliq




Daromad hajmi
2-chizma. Progressiv, proportsional va regressiv soliqlarning grafik ko’rinishi.


1. Daromad hajmi o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi o’sib boruvchi soliqlar progressiv soliqlar deyiladi.
2. Daromad hajmi o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi.
3. Daromad hajmi o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi o’zgarishsiz qoluvchi soliqlar proportsional soliqlar deyiladi.
Soliqlarning bu turlarini alohida grafik orqali ifodalash mumkin (2-chizma).
Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot tannarxiga qo’shilish usuli (to’g’ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi.
Egri soliqlar tarkibi tahlili shundan dalolat beradiki, tahlil qilinayotgan davrda oziq-ovqat spirtiga aktsiz stavkalarini pasayishi natijasida aktsizlar ulushi (51,3%dan 48,2%gacha), tabiiy gaz va benzinga aktsiz yig’imlari bo’yicha tushumlarning o’sishi (2,8%dan 3,2%gacha) okibatida qo’shilgan qiymatda solik ulushi ko’paydi (39,6%dan 42,5 %gacha).
Davlat byudjeti harajatlari YaIMga nisbatan 24,6%dan 22,9%gacha yoki 1,7 darajaga pasaygan. Bu asosan xarajatlarning markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish tendentsiyalarining saqlanishi (3,3%dan 2,7 %gacha) va boshqa harajatlarning (6,4% dan 5,6%gacha) pasayishi hisobiga sodir buldi. Iqtisodiyotda sarf qilingan xarajatlar ulushi (3,0%dan 3,1%gacha) ortishi ma’lum darajada elektrenergiyaga tariflarning oshishi natijasida sodir bo’ldi.
Davlat byudjetining daromadlari va soliq stavkasi o’sishi o’rtasidagi bog’liqlikning grafikda tasvirlanishi “Laffer egri chizig’i” nomini oldi (3-chizma). Grafik tik o’qida soliq stavkasi (R), yotiq o’qida - davlat byudjetiga tushumlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R1) davlat byudjetiga eng yuqori tushum (V1) ni ta’minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga teng bo’ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o’rnatilagan soliqlarni pasaytirish jamg’armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi daromad hajmining o’sishini ta’minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi ko’payadi, davlat daromadlari hajmi o’sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning susayishi ro’y beradi. Lekin o’z-o’zidan tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me’yorida amal qilgan holdagina namoyon bo’ladi.



R


R1



0 V1 V




Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling