Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
Harakatlar strategiyasining soliq tizimini isloh qilish borasidagi
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar 2017 2018
.1 - j a d v a l.Harakatlar strategiyasining soliq tizimini isloh qilish borasidagi
vazifalarning amalga oshirilishi natijalari.
Ma n b a: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. Oxirgi yigirma yil davomida davlat byudjeti prognoz ko’rsatkichlarining yillik oraliq farq ko’rsatkichlari o’rtacha 3–3,5 trln. so’mdan ortiq bo’lgan. O’z navbatida agar oxirgi 15 yillik davrda davlat byudjetiga soliq tushumlari prognoz ko’rsatkichlari-ning bajarilishga e’tibor beradigan bo’lsak, 2012 va 2015 yillarda o’rtacha 0,8 %ga, 2011 yilda 5,4 %, 2014 yilda 5,1 %ga ortig’i bilan bajarilgan bo’lsa, 2017 yilda esa bu ko’rsatkich 11,7 %ga teng bo’lgan. Ta’kidlash joizki, bu jarayonda mustaqil byudjet tizimimizga ega bo’lgan davrdan buyon eng yuqori ko’rsatkich 2018 yilga tegishli bo’lmoqda, ya’ni davlat byudjetiga soliq tushumlarini prognozi 2018 yilda 62229,5 mlrd so’m qilib belgilangan bo’lsa, dastlab-ki rasmiy ma’lumotlarga ko’ra davlat byudjetining ijrosi 74500 mlrd so’mdan ortiq bo’lgan, bu esa qariyib 20 %ga ortig’i bilan bajarildi. Oxirgi ikki yildagi prognoz ko’rsatkichlarining yuqori bo’lishining asosiy sabablari sifatida O’zbekiston Respub-likasi Prezidentining 2017 yil 7 iyundagi «Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlari vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirla-ri to’g’risida»gi farmoni, 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi, farmoni, 2018 yil 29 iyundagi «O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi to’g’risida»gi 2019 yil 1 yanvardan boshlab, xodimlar sonidan qat’i nazar, tovar aylanmasi 1 mil-liard so’mdan yuqori bo’lgan subektlar umumbelgilangan soliq to’loviga o’tadi. Chun-ki yagona soliq to’lovchi bilan umumbelgilangan soliq to’lovchilar o’rtasida soliq yukidagi farq haddan tashqari yuqori bo’lib, bu kichik biznesning yiriklashuvini rag’batlantirmaydi. Vaholanki, dunyoga mashhur «Adidas», «Nayk », «Indezit», «Knauf» kabi brendlar o’z vaqtida kichik oilaviy korxona bo’lgan va ushbu rag’bat tufayli yirik kompaniyalarga aylangan. Tovar aylanmasi 1 milliard so’mdan 3 milliard so’mgacha bo’lgan korxonalar qo’shimcha qiymat solig’ini ixtiyoriy ravishda soddalashtirilgan tartibda to’laydi. Ya’ni, korxonalar sotib olingan tovarlar bo’yicha alohida hisob-faktura yuritmaydi va soliqni tovar aylanmasidan kelib chiqib, sohalar kesimida tabaqalashgan holda to’laydi. Soliq kontseptsiyasining eng muhim e’tiborga olinishi zarur bo’lgan jihatlardan biri bu qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilarining oshishi va uni hisoblashning mahsulotlar tannarxiga ta’siri masalasidir. Bu jarayon soliq to’lovchi, shu jumla-dan, keng qatlamli iste’molchilar uchun muhim va qiziqarli hisoblanadi. Shu bois-dan mazkur jarayonning narx omiliga ta’sirini soddaroq shartli misol1 tariqasida tushuntirishga harakat qilinadi. Masalan, engil sanoat sohasida, paxta tolasi biz har zamon kiyadigan oddiy ko’ylak holatiga kelishi uchun avval kalava ipga aylanadi, so’ng, kalava ipdan mato to’qiladi, so’ng mato bichilib, undan ko’ylak tikiladi. Demak mazkur jarayonda paxtani qayta ishlash korxonasi paxta tolasini kalava ip ishlab chiqaradigan korxonaga sotadi, kalava ip ishlab chiqaradigan korxona o’z mahsulotini to’qimachilik korxonasiga sotadi, to’qimachilik korxonasi esa ishlab chiqargan matosini mazkur zanjirdagi oxirgi bo’g’ini hisoblangan ko’ylak tikuvchi korxonaga sotadi. Misol uchun, paxtani qayta ishlash korxonasi paxta tolasini (120 so’mga, shu jumla-dan 20 so’m QQS bilan) kalava ip ishlab chiqaradigan korxonaga sotadi. Kalava ip ishlab chiqaradigan korxona paxta tolasidan kalava ipni ishlab chiqaradi va unga 50 so’m-lik xarajatlari hamda ustamasini qo’shib 20 % QQS hisoblagan holda to’qimachi korxonaga jami 180 so’mga (shundan QQS summasi 30 so’m) realizatsiya qiladi. Bunda, kalava ip ishlab chiqaradigan korxona paxtani qayta ishlash korxonasiga to’lab bergan 20 so’mlik QQS summasini kalava ip tannarxiga obormasdan hisobga oladi. To’qimachilik korxonasi kalava ipdan mato to’qiydi va unga 50 so’mlik xarajat-lari hamda ustamani qo’shib 20 % QQS hisoblagan holda ko’ylak tikuvchi korxonaga jami 240 so’mga (shundan QQS summasi 40 so’m) realizatsiya qiladi. Bunda, kalava ip ishlab chiqaradigan korxonaga to’lab berilgan 30 so’m QQS summasi mato tannarxiga obormasdan hisobga oladi. Ko’ylak tikuvchi korxona matodan ko’ylak tikadi va unga 50 so’mlik xarajatlari hamda ustamasini qo’shib 20 % QQS hisoblagan holda oxirgi iste’molchiga jami 300 so’mga (shundan QQS summasi 50 so’m) realizatsiya qiladi. Bunda, to’qimachi korxonaga to’lab berilgan 40 so’m QQS summasi ko’ylak tannarxiga obormasdan hisobga oladi. Demak QQSni hisobga olish orqali byudjetga jami 50 so’m QQS to’lanadi, shundan paxtani qayta ishlash korxonasi – 20 so’m, kalava ip ishlab chiqaradigan korxona – 10 so’m (30 so’m – 20 so’m), to’qimachi korxona – 10 so’m (40 so’m – 30 so’m) va ko’ylak tikuvchi korxona – 10 so’m to’laydi (50 so’m – 40 so’m). Misol uchun , biz ko’rib chiqqan zanjirda mato to’qiydigan korxona QQS to’lovchisi hisoblanmasin. Bunda, to’qimachi korxona olgan kalava ip uchun to’lab berilgan 170 so’mni (QQS hisobga olingan holda) jami xarajatlariga qo’shadi va tashkil topgan qiymatga (170 so’m plyus 50 so’m boshqa xarajat va ustamasi, jami 220 so’m) 20 foiz QQS hisoblab, ko’ylak tikuvchi korxonaga jami 264 so’mga (shundan QQS summasi 44 so’m) realizatsiya qiladi. Ko’ylak tikuvchi korxona matodan ko’ylak tikadi va unga 50 so’mlik xarajatlari hamda ustamasini qo’shib 20 foiz QQS hisoblagan holda oxirgi iste’molchiga jami 324 so’mga (shundan QQS summasi 54 so’m) realizatsiya qiladi. Bunda, to’qimachi korxonaga to’lab berilgan 44 so’m QQS summasi ko’ylak tannarxiga obormasdan hisobga oladi. Bundan ko’rib turibdiki, yuqoridagi ishlab chiqarish zanjirida atigi bitta bo’g’ini uzilishi yakuniy tayyor mahsulot hisoblangan ko’ylakni oxirgi iste’molchiga sotish narxini 24 so’mga o’sishiga olib keladi. Demak, qo’shilgan qiymat solig’ining mahsulot tannarxining oshishiga ta’siri bu ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlash mexanizmlariga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, hozirgi soliq siyosatimiz va uning huquqiy asosi bo’lgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida insofli, halol soliq to’lovchilarni rag’batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash ko’zda tutilishi lozim bo’ladi. Shu boisdan ham O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 oktyabrda «Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-5564-sonli Farmoni qabul qilinib, unga ko’ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab, ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash va savdo korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibi; aktsiz solig’i solinadi-gan tovarlarning ayrim turlarini (avtomobil, o’simlik yog’i va boshqalar) sotishdan tushadigan tushumlar hisobini yuritish va undan foydalanishning maxsus tartibi; ko’chma savdo uchun ruxsatnoma olish talabini; davlat ulushi 50 foizdan kam bo’lgan korxonalar kontragentlari bilan o’zaro munosabatlarda kechiktirilgan debitorlik qarzlar uchun sanktsiyalarni; davlat ulushi 50 foizdan kam bo’lgan korxonalar bilan shartnomalar bo’yicha ichki bozorda oldindan 15 foiz to’lovni amalga oshirishga doir talablari bekor qilindi. Yangi soliq tizimida norasmiy faoliyatni legalizatsiya qilish bo’yicha bir qator yangiliklar kiritildi. Jumladan, foyda solig’i 14 foiz-dan 12 foizga tushirilib, tadbirkor faqat daromad olsagina to’lanishi belgilandi. Norasmiy bandlikni kamaytirish maqsadida ish haqidan 30 foizgacha olinadigan daromad solig’i o’rniga yagona 12 foizlik soliq turi kiritildi va 8 foizlik sug’urta badali umuman bekor qilindi. Biznes elkasida og’ir yuk bo’lib kelayotgan yagona ijti-moiy to’lov stavkasi 25 foizdan 12 foizga tushirildi.1 Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari ham 30 foizga pasaytirildi. Bu imkoniyatlar tadbirkorlarning halol ishlashi, ko’proq ish o’rinlari yaratishiga xizmat qilib, ushbu engilliklar Prezidentimiz aytganidek, biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va «yashirin» iqtisodiyotga barham berishning yagona yo’li bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda soliq tizimidagi dolzarb muammolardan biri, bu – fuqarolarda soliqlarni o’z vaqtida to’lashdan manfaatdorlik tuyg’usini oshirish va shu orqali soliqlarni to’lashdan qochmasdan o’zlarining faol fuqarolik pozitsiyasini chinakkam namoyon etishiga erishish sanaladi. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling