Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
- 16. Mavzu. Xalqaro savdo
- Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmuidir.
- Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi.
- Emigratsiya
Asosiy tayanch tushunchalar:
Moliya – pul mablag’larining harakati, ya’ni ularning shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog’liq ravishda vujudga keladigan munosabatlar. Moliya tizimi – moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalardir. Davlat byudjeti – davlat xarajatlari va ularni moliyaviy ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi. Byudjet taqchilligi – byudjet xarajatlarining daromadlar qismidan ortiqcha bo’lishi natijasida vujudga kelgan farq. Davlat qarzlari – byudjet taqchilligini qoplash maqsadida davlat tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslar. Soliqlar – jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli. Soliq stavkasi – soliq summasining soliq olinadigan summaga nisbatining foizdagi ifodasi. Laffer egri chizig’i – davlat byudjeti daromadlari va soliq stavkasi o’rtasidagi bog’liqlikning tasvirlanishi. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: Moliyaning iqtisodiy mazmunini tushuntiring va uning iqtisodiy vazifalarini bayon qiling. Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo’g’inlarining tavsifini bering. Moliya tizimida davlat byudjetining o’rni qanday? O’zbekiston davlat byudjeti mablag’larining shakllanish va taqsimlanish xususiyatlari to’g’risida mulohaza yuriting. Davlat byudjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda qanday rol o’ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi? Byudjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy byudjet taqchilligini tushuntiring. Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning turlarini, asosiy vazifalarini ko’rsating. O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini isloh qilish qanday yo’nalishlarda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan? 16. Mavzu. Xalqaro savdo Reja. 1.Xalkaro iqtisodiy munosabatlar. 2.Joxon xujaligining tashkil topishi, boskichlari va asosiy belgilari. 3.Joxon mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari va xalkaro mexnat taksimoti 1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Jahon xo’jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki ular tashqi iqtisodiy qismlari) ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo’ladi. Shu asosda mamlakatlar o’rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmuidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: - tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi; - kapital va chet el investitsiyalarining harakati; - ishchi kuchi migratsiyasi; - ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi; - fan va texnika sohasidagi ayirboshlash; - valyuta-kredit munosabatlari. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo’jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o’zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o’tadiki, ulardan har biri milliy xo’jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi: - xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo’li bilan harakati ko’pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi; - pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo’lishi mumkin; - qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida; - ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo’yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali to’g’ridan-to’g’ri va portfelli investitsiyalardan iborat bo’ladi. To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan ob’ekt (korxona)lar ustidan nazorat qilish huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa bunday huquqni bermaydi. U odatda aktsiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar shaklida beriladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishida topadi. Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa tavsifdagi omillar ham taqozo qiladi. Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o’z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya – mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya – mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Xalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya – ya’ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o’z ichiga oladi. Xalqaro migrantlar beshta asosiy toifaga ajratiladi: immigrantlar va noimmigrantlar; shartnoma bo’yicha ishlashga kelgan migrantlar; nolegal, yashirin immigrantlar; boshpana so’rovchi shaxslar; qochoqlar. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling