Iqtisodiy rivojlanish - ko’p o’lchamli jarayon bo’lib, jamiyatning ijtimoiy, Iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o’z ifodasini topadi.
Iqtisodiy o’sish - YaMM (IMM, SMM, MD) miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda Iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishida va sifatning yaxshilanishida ifodalanadi
Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi va siyosati fanining predmeti – iqtisodiy rivojlanishning sharoitlarini, omillarini va ahamiyatini aniqlash maqsadida iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun–qoidalarini o’rganishdan iboratdir.
Uslubiyat – Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning printsiplari, yo’llari, qonun – qoidalari, aniq hadislari tizimidir.
Ilmiy abstraktsiya – Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo’llaniladigan usullardan biri bo’lib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqea – hodisalarni e’tibordan chetlashtirib, asosiy o’rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga fikrni qaratishdir.
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Ijtimoiy-Iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |