Mulkdan foydalanish - mol-mulkning Iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’ektlari - mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
Iqtisodiy o’sish – YaIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o’sish mezoni – iqtisodiy o’sishni nisbatan to’liq darajada baholash imkonini beradigan ko’rsatkichni xarakterlaydi.
Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari – iqtisodiy o’sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko’rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiv iqtisodiy o’sish – ishlab chiqarishga qo’shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Intensiv iqtisodiy o’sish – ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi.
Iqtisodiy o’sish omillari – iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatishda o’z o’rniga ega bo’lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.
Iqtisodiy inqiroz — ishlab chiqarish xajmining keskin tushib ketishidir.
Iqtisodiy tsikl — ishlab chiqarishning bir Iqtisodiy inkirozidan ikkinchisi boshlanguniga kadar takrorlanib turadigan xarakati.
Do'stlaringiz bilan baham: |