Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Download 2.53 Mb.
bet168/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

Multipliqator samarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning yalpi sarflardagi o’zgarishga nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik - Iqtisodiyotning turli tomonlari va soxalari o’rtasida miqdor va sifat o’lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Iqtisodiy manfaatlar - iqtisodiy kategoriya bo’lib, ular ishlab chiqarishning alohida qatnashchilari (individlar, ularning guruhlari, sinfiy birlashmalari) o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarida ifodalanadi.
Moddiy rag’batlantirish – insonni uning mehnat natijalaridan kelib chiqib, ish haqi, mukofot shakllarida taqdirlashdir.
Ma’naviy rag’batlantirish – insonni uning faoliyat natijalari asosida orden, medal, faxriy yorliq, hurmat taxtasiga kiritish kabi shiakllarda taqdirlashdir.
Yakka shakldagi manfaat- bir kishining ehtiyojlarini ifoda etuvchi manfaatlar majmuidir
Jamoa manfaati – kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmuidir.
Ijtimoiy manfaat – bu barcha jamiyat a’zolarining birgalikda ro’yobga chiqadigan manfaatlaridir.
Mehnat salohiyati - jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqara olish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilardir.
Ilm-ma’rifat salohiyati- ilm-ma’rifatga xizmat qiluvchi moddiy va insoniy resurslar fan erishgan darajadir.
Texnika- texnologiya salohiyati- jamiyatdagi mashina –mexanizmlar miqdori, ularning tarkibi, texnikaviy darajasi va texnologik tizimlar majmuini o’z ichiga oladi.
Tabiiy salohiyat- tabiiy resurslar miqdori va sifati ishlab chiqarishning ob-havo sharoiti.
Fan-texnika taraqqiyoti - fan va texnikaning muttasil ravishda va o’zaro bog’liq holda rivojlanishidir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) - qonunchilik, ijro va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
IDTTS maqsadi - Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, Iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirishga qaratiladi.

Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling