Davlatning Iqtisodiy vazifalari - Iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va Iqtisodiyotni tartibga solish hamda Iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat bo’ladi.
IDTTS usullari - tartibga solishning ma’muriy va Iqtisodiy vositalari birligi.
Bevosita usullar - Iqtisodiyotni tartibga solishning ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xarakteridagi ma’muriy vositalari.
Bilvosita usullar - Iqtisodiyotni tartibga solishning Iqtisodiy vosita va dastaklari.
Xalqaro mehnat taqsimoti - alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Xalqaro Iqtisodiy integratsiya - jahon mamlakatlari o’zaro Iqtisodiy aloqalarining chuqurlashtirish va barљaror rivojlanishi hamda milliy xo’jaliklar o’rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo’jalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishi.
Emmigratsiya - ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi.
Immigratsiya - ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.
Erkin savdo zonalari - Iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo’lib, uning dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi.
Boj ittifoqi - yagona tashqi savdo ta’riflari o’rnatishni va uchunchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqozo qiladi.
To’lov ittifoqi - milliy valyutalarning o’zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi.
Umumiy bozor - bunda uning qatnashchilari o’zaro erkin savdoni amalga oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o’tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati ta’minlanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - Iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo’lib, bunda Iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari Iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |