Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
-rasm. Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu. Daromadlarning taksimlanishi, tengsizlik va kashshoklik Reja.
2.5.4-rasm. Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri
Ochiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmasi deyarli barcha ishchilarni o’z tarkibiga kiritish orqali ishchi kuchi taklifini nazorat qilib, ish haqi darajasini erkin raqobat sharoitidagi W1 dan W2 ga qadar oshiradilar. Natijada ishchi kuchi taklifi egri chizig’i SS dan W2aS ga siljiydi. W2 ish haqi darajasida ish beruvchilar bandlik darajasini Q1 dan Q2 ga qadar qisqartiradilar. Hozirgi zamon mehnat munosabatlari o’zida davlatning ta’sirini ham aks ettiradi. Davlatning qonunchilik faoliyati mehnat munosabatlarining barcha tomonlarini qamrab oladi. U nafaqat iqtisodiyot davlat sektorining ishchi kuchiga bo’lgan talabini bildiradi, balki uni xususiy sektorda ham tartibga soladi, milliy iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy o’lchamlarini aniqlaydi. Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam ta’minlangan oilalarga yordam, ishsizlik bo’yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to’lovlar, pensiya ta’minoti va boshqalar) katta ta’sir ko’rsatadi. Bu dasturlar bozor tahlikasi yuqori bo’lgan davlatlarda aholining ijtimoiy–iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirishga ma’lum bir darajada ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Davlatning ishchi kuchi bozoridagi vositachilik roli ham mehnat munosabatlariga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatishi mumkin. Jumladan, o’ziga qisman ishchi o’rinlarini qidirish va tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish bo’yicha umummilliy dasturni ishlab chiqarish vazifalarini oladi. Ishchilarni o’qitish va qayta tayyorlashning davlat tizimi bozorning o’zgaruvchan talablariga tez moslashishga imkon beradi. Bo’sh Ish O’rinlari To’g’risidagi Ma’lumotlarni etarli Bo’lmaslisi Ishchilar ba’zan bo’sh ish o’rinlari, boshqa hududlardagi muayyan ish o’rinlari uchun tayinlangan tarif stavkalari hamda o’z mutaxassisliklari bo’yicha mavjud ish o’rinlari haqida habardosh bo’lmasliklari mumkin. Oqibatda, ishchi kuchiga bo’lgan taklifni tenglashtirish uchun kam ish haqi to’lanadigan kasblardagi malakali ishchilarning yuqori maosh to’lanadigan ish o’rinlariga o’ta boshlashi turli kasblar ichidagi ish haqlarini baravarlashtirish uchun etarli bo’lmaydi. Yashash Hududlarining Gegrafik Turg’unligi Ishchilar odatda ma’lum bir hududlarda chuqur o’rnashgan holda istiqomat qiladilar. Ko’pchilik odamlar o’z yaqinlari, do’st-birodarlari, qarindosh-urug’laridan uzoqlashib, farzandlarini o’quv maskanlarini o’gzatirishga, o’z uy-joylarini sotishlariga, yangi ish o’rni va yangi jamiyatdagi ehtimoliy noqulayliklarga moslashish va boshqa kutilmagan ortiqcha harajatlar qilsh evaziga yangi hududlarga ko’chib o’tishni unchalik xohlashmaydi. Bundan qatiyb ikki asr burun Adam Smit shunday degan edi. "Inson ham go’yoki ko’tarib keltirilishi qiyin bo’lgan yukka o’xshaydi”. Ishchilarni bir hududdan boshqasiga ko’chib o’tishga xohlamasliklari yoki qodir emasliklari ayni bir ish o’rnida gegrafik ish haqi tafavvutlarini yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi. Kasaba Uyushmalari va Hukumat Cheklovlari Hukumat va kasaba uyushmalari tomonidan ishchilarni bir xududdan boshqasiga ko’chib yurishlarinin oldini oluvchi sun’iy cheklovlar qo’yish bilan ish haqlaridagi tafavvutlarlar saqlab qolinadi. Bunda tor mutaxassislikka ega bo’lgan ishchilardan iborat kasaba uyushmalari uyushmaga a’zolikni cheklashdan foyda topishini aytib o’tgan edik. Xulosa, agar duradgorlar va g’isht teruvchi ustalar soni ko’payib ketsa, ularga belgilangan yoki ular talab etadigan ish haqi miqdori kamayadi. Shunday qilib, Kolorado shtatidagi Brush deb nomlangan korxonadagi uyushmaga a’zo bo’lmagan ish haqi oladigan duradgor usta Chikago shtatiga ko’proq ish haqi to’laydigan korxona ish o’rniga joylashishni xohlashi mumkin. Lekin, uni kutgan rejasiga erishishiga bo’lgan ehtimollik juda kam. Huddi shu tarzda, ma’lum hududda ish faoliyatini olib borish uchun ixtisoslashgan ko’z shifokori yoki huquqshunos boshqa shtat yoki hududning litsenziyalash talablariga javob bera olmasligi mumkin, shuning uchun uning boshqa hududga ish qidirib borish imkoniyati cheklangan. Boshqa nazarda tutilmagan to’siq yoki muammolarga bir hududdan boshqasi ko’chib o’tish bilan qo’ldan boy berilishi mumkin bo’lgan nafaqa olish tartiblari, tibbiy sug’urta imtiyozlari hamda xizmatda yuqori mansabga ko’tarilish imkoniyatlari kiradi. 8-Mavzu. Daromadlarning taksimlanishi, tengsizlik va kashshoklik Reja. 1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Turmush darajasi ko’rsatkichlari 2.Kashshoklikni kamaytirish va daromadlarni kayta taksimlash siyosati. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling