Iqtisodiyot faoliyat yurtishining normalar tizimining shakllanishi
Download 60.07 Kb.
|
2 maruza
2 – mavzu. Reja va bozor institutlari.Transaksiya va transformatsiya xarajatlari hamda ularni tahlil qilishga nisbatan yondashuvlar. Xufyona iqtisodiyot. Iqtisodiyot faoliyat yurtishining normalar tizimining shakllanishi Normalar individlarning o‘zaro muvofiq munosabatlari barqarorligining asosiy kafolati hisoblanadi. Individ tomonlar harakatlarini tushunish va o‘z harakatini ular bilan muvofiqlashtirish uchun biror-bir normani tanlash barobarida umuman tizimning barqarorligini ta'minlaydi. Individ normadan chetga chiqsa, uni normaga qaytaruvchi tartibga solish mexanizmining mavjudligi normalar tizimini shakllantiradi. Shuningdek, normalar tizimi makro va mikrodarajalar o‘rtasidagi asosiy bog‘lovchi bo‘g‘inga aylanadi. Individlarning iqtisodiy faoliyat yuritishini ta'minlovchi normalar tizimiga iqtisodiyotning asosiy qonuni (konstitusiyasi) deyiladi. Buyruqbozlik va bozor iqtisodiyoti tizimlarida o‘zaro zid normalarga amal qiladi. Masalan, bozor tizimi faqat individlar kundalik iqtisodiy faoliyatida u asoslanadigan normalardan foydalangan darajaga ko‘ra barqaror va takror ishlab chiqarishga qodir bo‘ladi. Shaxsiy manfaatlarini ko‘zlovchi individlar o‘rtasidagi bitimlardan makroiqtisodiy darajaga o‘tish bozor xatti-harakatlari normalari orqali amalga oshiriladi. Buyruqbozlik iqtisodiyotining normalar tizimi surunkali taqchillik, ya'ni resurslarning yetishmasligini o‘zida namoyon etadi. Taqchillikning ma'lum darajada barqarorlashuvi hamda iqtisodiy agentlar ushbu darajaga moslashuvi tizimda normal taqchillik holatini yuzaga keltiradi. Bunda buyruqbozlik iqtisodiyotiga xos navbatning kattaligi resurslar va tayyor mahsulotlarning normal zaxiralari va hokazolar tushuniladi. Boshqacha aytganda, nafaqat Val'ras bo‘yicha umumiy muvozanat iqtisodiy tizimning barqaror holati bilan cheklanadi, balki tizim hatto muvozanatsiz holatda ham barqarorlashishi mumkinligi namoyon bo‘ladi. Umuman, buyruqbozlik va bozor tizimlarida qo‘llaniladigan normalarning tarkibiy tuzilishini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin. Quyida ushbu normalarning iqtisodiyotda namoyon bo‘lishi ko‘rib chiqilgan. 4.1.-jadval Download 60.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling