Iqtisodiyot faoliyat yurtishining normalar tizimining shakllanishi


Kvartira ijarasi bo‘yicha transaksiya xarajatlari


Download 60.07 Kb.
bet7/11
Sana16.04.2023
Hajmi60.07 Kb.
#1360775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 maruza

Kvartira ijarasi bo‘yicha transaksiya xarajatlari

Xarajat mazmuni

Xarajat shakli

Ijaraga topshiriladigan kvartiralar, uy-joy bozoridagi narxlar haqidagi axborotni izlab topish xarajatlari: maxsus nashrlarni xarid qilish va eʼlonlar boʼyicha qoʼngʼiroqlar yoki rieltorlik firmasiga murojaat etish

Pul shaklidagi xarajatlar va vaqt sarflari

Tanlangan kvartiralar mulkdorlari bilan ijaraning alohida shartlari haqida muloqotlar olib borish xarajatlari

Vositachi sarflari va vaqt sarflari

Tanlangan kvartiralarni borib koʼrish jarayonida uy-joy sifatini baholash xarajatlari

Vositachi zimmasiga yuklatish mumkin boʼlgan vaqt sarflari va transport xarajatlari

Ijara shartnomasini yuridik rasmiylashtirish, uni notarial tasdiqlash xarajatlari

Pul shaklidagi xarajatlar

Mulkdorning ijara shartlarini oʼzgartirish (ijara toʼlovini oshirish) boʼyicha opportunizmning oldini olish xarajatlari

Vaqt va asab sarflari

Mulkdor ijarachiga kvartirani saqlab turish yuzasidan eʼtiroz bildirgan va / yoki shartnomani muddatidan oldin buzishni xohlagan taqdirda shartnoma amal qilishi muddatiga berilgan foydalanish huquqini himoya qilish xarajatlari

Vaqt sarflari va sudga murojaat etish bilan bogʼliq pul shaklidagi xarajatlar

Ba'zi yuqori transaksiya xarajatlariga ega bo‘lgan aniq holatda shartnomalarning ko‘pchiligi tuzilmaydi va amalga oshirilmaydi. Chunki ularni ijro etishdan keladigan foyda xarajatlarga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Shu tariqa, transaksiya xarajatlari amalga oshiriladigan transaksiyalar soniga ta'sir ko‘rsatadi (transaksiya – shartnoma shaklidagi bitim). Shularni inobatga olganda korxonalar nisbiy ustunligini oshirish uchun transaksiya xarajatlarini tejash imkoniyatlarini izlash zarurdir.


Mikrodarajada turli xususiy tashkiliy tuzilmalarda xarajatlarni tahlil etishda quyidagi tamoyillar qo‘llanilishi lozim:
1. Transaksiya (bitim-shartnoma) – tahlilning asosiy birligi.
2. Har qanday muammoni, bevosita yoki bilvosita shartnomaviy muammo, deb qarab, uni transaksiya xarajatlarini kamaytirish nuqtai nazaridan o‘rganish foydalidir.
3. Transaksiya xarajatlarini tejashga turli transaksiyalarni ularni boshqarish tuzilmalariga tabaqalashtirilgan tarzda biriktirish yo‘li bilan erishiladi.
4. Tashkiliy tuzilmani tanlash muqobil variantlarni qiyosiy institutsional baholash asosida kechadi.
Mikrodarajada transaksiya xarajatlari korxonada ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar hisoblanadi. Bunda quyidagi xarajatlar, ya'ni shartnoma loyihasini tuzish, muzokaralar yuritish va kelishuv kafolatlarini ta'minlashda yuzaga keladigan xarajatlar, shuningdek, shartnomani samarasiz moslashtirish, unga tuzatish kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan, shartnomani amalga oshirish bo‘yicha tanlangan yo‘ldan qaytish, shartnomadagi xatolar va kutilmagan tashqi nizolar natijasida yuzaga keladigan xarajatlarni farqlash lozim.
Shuni inobatga olgan holda, iqtisodiyotda institutlarni shakllantirishda, ular faoliyatini samaradorligini oshirishda transaksiya xarajatlari asosiy rol' o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan O.Uil'yamsonning quyidagi xulosasi diqqatga sazovor: “moddiy va xomashyolarga kam xarajatlar bilan ko‘p mahsulotlar ishlab chiqaradigan jamiyat emas, balki mahsulotni ishlab chiqarishda transaksiya xarajatlari ulushi past bo‘lgan jamiyat yutuqqa erishadi”.



Download 60.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling