Iqtisodiyot faoliyat yurtishining normalar tizimining shakllanishi


Download 60.07 Kb.
bet4/11
Sana16.04.2023
Hajmi60.07 Kb.
#1360775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 maruza

5.1. Transaksiya va uning turlari

Ingliz tilidagi “transaction” so‘zini ikki tarkibiy qismga ajratish mumkin, ya'ni “trans” (trans), o‘zbek tilida “o‘zaro” so‘zini bildiradi, “action” (aksiya) esa – “harakat” deganidir. Bulardan kelib chiqadiki, “transaksiya” so‘zi “o‘zaro harakat” degan ma'noni bildiradi.


Demak, “transaksiya” – bu iqtisodiyot sub'ektlarining har qanday o‘zaro harakatini yoki o‘zaro munosabatini anglatadi, qaysikim bunda hech bo‘lmaganda bitta hamkor ishtirok etishi zarur. Shunday qilib transaksiya iqtisodiyot sub'ektlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat hisoblanadi.
Ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, “transaksiya” tushunchasiga mualliflar yondashuviga hamda tadqiqot ob'ektiga qarab turlicha ta'riflar berilgan.
Transaksiya – bu tovarlarni o‘zaro almashish emas, balki jamiyat tomonidan yaratilgan mulkchilik huquqlari va erkinliklardan o‘zgalar foydasiga voz kechish va ularni o‘zlashtirish hisoblanadi. Ushbu transaksiya ta'rifidan shu narsa kelib chiqadiki, transaksiyaning ma'nosi qandaydir narsalarni bevosita almashishni amalga oshirishdan emas, balki qandaydir aktivlarga bo‘lgan muayyan huquqlarning bir sub'ektdan boshqasiga o‘tishini anglatadi.
Transaksiya – bu iqtisodiy jarayon hisoblanadi, ushbu jarayonda unda ishtirok etuvchi tomonlar muayyan iqtisodiy maqomga (mulkdor, foydalanuvchi maqomi va h.k.) ega bo‘lishadi yoki boshqalar undan voz kechadi.
Transaksiyaning ta'rifi va uning izohlari transaksiya turlarini ko‘rib chiqish, ularning bir turini boshqasi bilan almashtirish jarayoni nima bilan shartlanganligini aniqlashga imkon beradi. Transaksiyalarni turlarga ajratishning ahamiyati shundan iboratki, u iqtisodiyot sub'ektlari o‘rtasidagi o‘zaro almashuvlarga vositachilik qiluvchi muqobil variantlarni qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. Muqobil variantlar – bu iqtisodiyot sub'ektlari o‘rtasidagi cheklangan ne'matlar borasidagi o‘zaro hamkorlikka vositachilik qiluvchi qoidalarning tizimli yopiq (bo‘linmas, o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi) to‘plamlari yig‘indisi hisoblanadi.
Transaksiyalarni quyidagi uchta turini ajratish mumkin:
Savdo bitimi transaksiyasi, boshqaruv transaksiyasi va mukammallashtirish transaksiyasi.
1) Savdo bitimi transaksiyasi – mulkiy huquq va erkinliklarni tasarrufidan chiqarish va o‘zlashtirish jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi va uning amal qilishi uchun iqtisodiy manfaatlar hisobga olingan holda ikki tomonning roziligi kerak bo‘ladi.
2) Boshqaruv transaksiyasi – bunda asosiy tushuncha odamlar orasida bo‘ladigan boshqaruv munosabatlari bo‘lib, ushbu holatda qaror qabul qilish huquqi faqat bir tomonda bo‘ladi.
3) Mukammallashtirish transaksiyasi – bunda tomonlar huquqlarining nomutanosibligi kuzatiladi, biroq boshqaruvchi tomon o‘rnida huquqlar tasnifini amalga oshiruvchi jamoa boshqaruv organi ishtirok etadi. Bunday transaksiyalar orqali iqtisodiy agentlar orasida boylik qayta taqsimlanadi.
Savdo bitimi transaksiyasida mulkchilik va erkinlik huquqlarini amalda qo‘lga kiritish va ulardan voz kechishni amalga oshirish uchun taraflarning ulardan har birining iqtisodiy manfaatiga asoslangan ikki tomonlama roziligi zarur. Savdo bitimi transaksiyasi – unda taraflar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarning o‘xshashligi shartlariga amal qilish mumkin bo‘lgan yagona shakl.
Bunday savdo bitimi transaksiyasiga yollanma xodim va ish beruvchi (yoki ular ittifoqlari)ning mehnat bozoridagi harakatlari, qonun chiqaruvchilarning siyosiy bozordagi xatti-harakatlari, kre¬ditor va qarzdorning vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘lari bozoridagi harakatlari misol bo‘la oladi. Taraflardan har biri almashuvda ishtirok etish to‘g‘risida mustaqil tarzda yakuniy qaror qabul qiladi. Shu nuqtai nazardan savdo transaksiyasi huquqiy jihatdan teng, lekin muzokaraviy kuchda teng bo‘lishi shart bo‘lmagan, taraflar o‘rtasida amalga oshiriladi.
Biroq, har qanday holatda savdo bitimi transaksiyasining mohiyati almashuvchi taraflar o‘rtasidagi ixtiyoriy kelishuv asosida mulkchilik huquqlari bilan almashishdan iborat, bu ushbu iqtisodiyot sub'ektlari huquqiy munosabatlarining o‘xshashligi oqibatidir.
Boshqaruv transaksiyasida insonlar o‘rtasidagi qaror qabul qilish huquqi faqat bir tarafga tegishli bo‘lganda o‘zaro hamkorlikni nazarda tutuvchi boshqarish-bo‘ysunish munosabati eng asosiy hisoblanadi. Transaksiyalarning ushbu turi korxonaning ichki munosabatlarida, byurokratik tashkilotlarda, shuningdek, keng ma'noda – ichki pog‘ona munosabatlarida mavjud. Boshqaruv transaksiyasi shuning uchun mavjudki, qaror qabul qilish huquqi, undan kutilayotgan foyda bozordagi ish haqining bozor stavkasiga mos keladigan foydadan yuqori bo‘lishi lozim bo‘lgan daromadga almashtiriladi. Shu munosabat bilan ishchi kuchini yollash bo‘yicha shartnomalar alohida huquq sifatida erkinlikni ajratish zarurligini belgilab bergan holda boshqa ixtiyoriy shartnomalardan tubdan farq qiladi.
Boshliq bilan xodimning rasmiy qoidalarga muvofiq o‘zaro hamkorligi boshqaruv transaksiyasiga oddiy misollar bo‘ladi. Boshqaruv transaksiyasida xatti-harakat noo‘xshash (asimmetrik) xususiyatga ega, chunki taraflarning huquqiy holati va o‘z navbatida, huquqiy munosabatlari ham bir xil emas. Savdo bitimi transaksiyasining ob'ektlari almashiladigan ne'matlarga bo‘lgan huquqlar bo‘lsa, huquqiy munosabatlar taraflaridan birining xatti-harakati boshqaruv transaksiyasining ob'ekti hisoblanadi.
Agar transaksiya o‘z tushunchasiga mos kelsa, boshliq bu bilan bevosita o‘z istagini ifoda etgan holda buyruqlar beradi, ishchilar yoki xodimlar esa, bu ularning manfaatlariga mos kelish-kelmasligidan qat'iy nazar ushbu buyruqlarni bajaradi. Buyruq – bu ishchilar va xodimlar qo‘llashi mumkin bo‘lgan yo‘l qo‘yiladigan harakatlar to‘plamini bir tomonlama cheklash vositasidir.
Mukammallashtirish transaksiyasida taraflar huquqiy holatining asimmetrikligi saqlanib qoladi, lekin boshqaruvchi tarafning o‘rnini, odatda, huquqlarni tasniflash funk¬siyasini bajaruvchi jamoaviy organ egallaydi. Xususan, direktorlar kengashi tomonidan kom¬paniya byudjetining tuzilishi va vakillik hokimiyati organi tomonidan tasdiqlanishi, arbitraj sudining harakatlanuvchi sub'ektlar o‘rtasida yuzaga keladigan nizo bo‘yicha qarorlari rasionallashtirish transaksiyalari hisoblanadi. Bir taraf (direktorlar kengashi, sud) ikkinchi taraf (bo‘linmalar rahbarlari, da'vogar va javobgar)ning huquqlarini belgilab beradi.
Transaksiya xarajatlarining mavjud bo‘lishi transaksiyalarning u yoki bu turini vaqt va muhit sharoitiga mos ravishda yanada samarali bo‘lishiga yordam beradi. Shuning uchun mazkur operatsiyalar tartibga soluvchi qonun-qoidalarga bog‘liq holda transaksiyalarning turli xillariga bog‘liq bo‘ladi.
Transaksiyalar oddiy (masalan, bozordan biror narsani sotib olish) yoki murakkab (misol uchun, avtomatlashtirish tizimini tashqi maslahatchilar yordamida joriy qilish) bo‘lishi mumkin. Murakkab va mas'uliyatli kelishuvlar har doim shartnomalar orqali rasmiylashtiriladi.
F'yuchers bitimlar (faqat kelgusida tovarni xarid qilish yoki sotish huquqi sotiladigan va sotib olinadigan palladagi almashuvdan farqli o‘laroq) transaksiyaga eng yaqqol misol bo‘lib xizmat qiladi.
Umuman olganda, barcha turdagi transaksiyalar quyidagi ikki qismdan iborat bo‘ladi.
Bitimlar tuzish. Bu bosqichda xaridor sotuvchini topishi, narxlar haqida ma'lumotlar yig‘ishi, sifatni baholashi, sotuvchini tanlashi va u bilan bitim tuzishi kerak bo‘ladi. Sotuvchi bozorda joy sotib olishi, mahsulot sifati nazoratini olib borishi va uzluksiz ravishda narxlar haqida axborot yig‘ishi lozim bo‘ladi.
Oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirish. Bu bosqichda xaridor tovar haqini to‘laydi, uni o‘z ixtiyoriga o‘tkazadi va tovar sifatini qayta baholaydi.
Har bir transaksiya 4 guruhdagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi:
1. Bitim ishtirokchilari; 2. Transaksiyada ishlatilgan resurslar va kutilayotgan natijalar; 3. Ishtirokchilarning resurs va natijalarga nisbatan huquqlari; 4. Tomonlar majburiyatlari.
Tuzilgan shartnomalar doirasida transaksiya munosabatlarini amalga oshirish katta xarajatlar bilan bog‘liq bo‘ladi (5.1–rasm). Ular ikki guruh xarajatlariga bo‘linadi – transaksiya hamda transformasiya xarajatlari. Ushbu xarajatlar mohiyati turlari va tarkibi kitobning keyingi qismida batafsil ko‘rib chiqiladi.





Download 60.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling