Iqtisodiyot guruh talabasi Bozorboyev Azizbek javoblari 1 Tadbirkоrlikning qanday turlarini bilasiz?


Kоnsalting nima? Uning istiqbоli haqida gapirib bering


Download 28.34 Kb.
bet5/11
Sana19.11.2021
Hajmi28.34 Kb.
#175878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Azizbek(1)

Kоnsalting nima? Uning istiqbоli haqida gapirib bering.


  1. Konsultativ xizmat moqiyati va bosqichlari. «Konsultant lotincha so'z bo'lib, maslahat beruvchi ma'nosini anglatadi. Bu soʻz orqali ma'lum soha 6

bo'yicha maslaxat beruvchi mutaxassis tushuniladi. Chet el amaliyotida boshqaruv masalalari bo'yicha pulli maslahat berish konsalting deb nomlanadi. Iqtisodiyot va boshharuv Yevropa Federatsiyasi konsultantlar Assotsiatsiyasining ta'biricha:

Menejment - konsalting mohiyati boshqaruv masalalari bo'yicha mustaqil maslahatlar berish va yordam ko'rsatish bo'lib, o'z ichiga muammolar va imkoniyatlarga baho berishda, zarur tadbirlar borasida tavsiyalar berishda va ularning bajarilishida yordam ko'rsatishda mujassamlangan. Sanoati rivojlangan davlatlarda konsultativ xizmatlar shaklida intellektual kapitalga mablag sarflash samaradorligi, yalpi qurilmalar va ilgor texnologiyalarga mablag' sarflanishidan kam boʻlmaydi.Konsalting xizmati bir marotabalik ogʻzaki maslahatlar ko'rinishida berilishi mumkin. Lekin ko'p hollarda bu maslahatlar konsalting loyihalari koʻrinishida berilib, oʻzida quyidagi bosqichlari aks ettiradi:

- muammolarni aniqlash (diagnostika); - qaror va loyihalar ishlab chiqish; - qaror va loyihalarni amalga oshirish Loyihaning hajmiga qarab, yakuniy bosqich bir necha kundan boshlab bir necha oyni o'z ichiga olishi mumkin. Ayrim hollarda mijozlar bilan ishlash ko'p yillarga cho'ziladi.

Konsultatsiya berish usullari. Bu usullar turlicha boʻlishi mumkin. Eng ko'p tarqalgani ekspert, Jarayon va o'qitish usulidir.

Ekspert konsultatsiyasi-konsaltingning nisbatan passiv shaklidir. Bu yerda konsultant diagnostikani qaror va tavsiyalarni ishlab chiqishni oʻzi mustaqil allalga oshiradi. Mijoz esa konsultantni zarur axborotlar bilan

7

ta'minlaydi xolos. Jarayonli konsultatsiyada esa konsalting firmasining mutaxassislari loyihani ishlab chiqishning barcha bosqichlarida mijozlar bilan faol munosabatda ish olib borib, ularning gʻoya va takliflarini hisobga oladi, konsultantlar mijozlar bilan birgalikda muammolarni tahlil qiladi, takliflami ishlab chiqadi, o'qitish konsultatsiyasida esa mutaxassislarning asosiy vazifasi g'oyalar kelib chiqishiga zamin yaratishdir. Shu maqsadda ular mijozlar uchun ma'ruzalar qiladilar, seminarlar o'tkazadilar, mijozlar uchun o'quv qo'llanmalari ishlab chiqadilar va shu tariqa nazariy va amaliy axborot bilan ta'minlaydilar. Amaliyotda yuqorida ko'rib chiqilgan usullaming birortasi ham alohida qo'llanilmaydi, balki ularning uchalasi aralash holda qo'llaniladi. Sanoati rivojlangan xorijiy davlatlarda konsultatsiya xizmatlari ko'p yillardan buyon bozor iqtisodiyotining eng muhim elementi sifatida qabul qilingan. Statistika tomonidan konsalting aloqida tarmoq sifatida tan olingan.



AQShda bu tarmoqqa 700 mingga yaqin aholi xizmat qiladi, yillik ish hajmi esa deyarli 50 mlrd. dollari tashkil qiladi. Konsalting xizmati turlitumandir.

Konsultantlarning Yevropa ma'lumotnoma-koʻrsatkichida

hozirgi paytda, 84 turdagi konsalting xizmatlari ko'rsatilgan boʻlib, ular sakkiz guruhni tashkil qiladi: umumiy boshqaruy, ma'muriyatlashtirish. moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqarmasi, marketing, Ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, ixtisoslashgan xizmatlar. Konsultatsion loyihalarni amalga oshirilishini tashkil qilish. Firma-mijoz bilan aloqa vujudga kelishi bilan taklifni ishlab chiqarishga qirishiladi. Bu mijoz bilan konsultant

8

hallkorlik loyiqani muqokama qilishdan boshlanadi. Dastavval firma-mijoz to'g'risida yetarli axborot to'planishi kerak bo'ladi. Konsultant firma



to'g'risida quyidagilarni bilishi shart: Firma nima ishlab chiharadi va nima bilan shug'ullanadi; ishlovchilar soni va ularning mutaxassisligi; boshkaruv apparat xodimlari hissasi, ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar hajmi, harajatlar tarkibi, daromad miqdori va uning manbalari, firmaning moliyaviy ahvoli, shartnollalar soni sheriklarining ishonchliligi. Shundan keyingina ahvol oʻrganiladi, uning oʻzgarish dinamikasi va muammolar mohiyati tekshiriladi. Keyin bajariladigan ishlaming reja-grafigi tuziladi va zarur yuridik hujjatlar rasdiylashtiriladi. Reja-grafik tuzilishiga muhim e'tibor qaratilishi va uning bajarilish muddatlari aniq belgilanishi lozim.

Belgilangan muddatlarga rioya qilish yoki ishlarni muddatidan oldin bajarish konsultant obro'yl saqlab qolinishining muhim jihati hisoblanadi.

Ishni qay shaklda yakunlash, ya'ni bu xizmat bo'ladimi yoki aniq natijaga erishiladimi, oldindan belgilar qo'yilishi shart. Bularning barchasi rejagrafikda aks ettiriladi. Buyurtmani bajarish jarayonida firma-mijozning

psixologiyasi hisobga olinishi lozim. Ishning borishi davomida qiziqishi susayib boradi, shuning uchun uning qiziqishini kuchaytirib borish choralari koʻrilishi kerak bo'ladi. Buning uchun mijoz qiziqishi eng yuqori

bo'lgan davrda qandaydir oraliq variantni amalga oshirish lozim. Bu firmabuyurtmachi rahbariyati uchun aniq taklif, xizmat yig'ilishida konsultant

taklifini ko'rib chiqish, alohida takliflami amalga oshirish borasida buyruqlar tayyorlash koʻrinishda bo'lishi mumkin. Ish yakunida yozma 9

hisobot yoki loyihani amalga oshirish borasida reja-tadbirlar, tavsiyalar ro'yxati rasmiylashtiriladi.

6.Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari Konsalting xizmati bozorining o'ziga xos xususiyati shundaki, tadbirkorlikning bu turi bilan shug'ullanuvchi firma «O'z tovarining namunasini, xizmat namunasini ko'rsatish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bunday firmalar oldida turgan, mijozlarni jalb etish masalasi, o'ta muhimdir.

Mijozlarni jalb etish usullari turlichadir. Bularga oʻz imkoniyatlarini reklama qilish, mijozlari vositachilar orqali jalb etish, oldingi buyurtmachilar tavsiyasidan

foydalanish kabilar kirishi mumkin. Eng oddiy va keng qo'llaniladi gali reklamadir. Firma turli reklama ma'lumotlarini tarqatadi, reklama e'lonlarini beradi, bu reklamalarda konsultatsiya berish soqasidagi narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalarga ishoralar aks ettiriladi. Mijozlarni jalb etishning yana bir keng tarqalgan usuli vositachilardan foydalanishdir.

Vositachilar-firma mijozlari, rahbariyat ishonchini qozongan xodimlari bo'lishi mumkin. RXIV.UZ G'arb mamlakatlarida bunday vositachilami topishning maxsus uslubiyati ishlab chiqilgan. Bu maqsad uchun maxsus mablag'lar ajratiladi. Albatta, firma-konsultant shon-shuhratini belgilashda hal qiluvchi omil uning muvaffaqiyatli yakunlangan avvalgi faoliyati hisoblanadi. Yirik yoki xatto o'rta mijozlarning ijobiy bahosi eng yaxshi reklamadir. Vizit kartochkalari, prospektning mavjudligi, ofisdagi 10

tartib-intizom, tashqi koʻrinish, xodimlarning o'zini tuta bilishi, kiyinishi, muomalasi buyurtmachilarni firma konsultant bilan hamkorlikda ish olib borishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Umuman olganda firma - konsultantlar kerakmi? Iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida, ya'ni ayrim korxonalarning iqtisodiy ahvoli va faoliyati oʻzgarib borayotgan, yangidan yangi muammolar chiqayotgan sharoitda yuqoridagi savolga faqat «ha», «zarur» deb javob bermoq tabiiydir. Lekin aksariyat firmalar moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligini hisobga olib, konsultantlar asosan korxonani muammolarini muhimligi darajasini belgilab berish uchun taklif qilinadi.



  1. Download 28.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling