Iqtisodiyot” kafedirasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu
Davlat byudjetining huquqiy asoslari. Byudjet siyosati
Download 1.1 Mb.
|
Davlat byudjetining daromad va xarajatlari
2. Davlat byudjetining huquqiy asoslari. Byudjet siyosati.
Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonining bir elementi bo’lib, bunda ishchi va xizmatchilar ish haqi, tadbirkorlik foydasi, yer egalari rentasi, yollanma ishchilar daromadlari, tadbirkorlar va pul qo’yuvchilarning protsentlarini bir qismini soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va zaymlar ko’rinishida jamlash orqali shakllanadi. Mamlkatimizda barcha sohalarda islohotlar davom ettirilayotgan bu davrda moliya tizimida, xususan byudjet tizimida ham yangiliklarni amaliyotga joriy etilgan, xususan 2013 yil 27 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi fikrimizning yaqqol dalilidir. Ushbu kodeks 2014-2015 yillar uchun eksperement tariqasida amal qilinishi belgilangan bo’lib, byudjetni tuzish, ijro etish, byudjetni boshqarish borasidagi organlarning vazifalari va boshqa byudjetga oid masalalarni yanada takomillashtirish maqsadida “O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi to’g’risida”gi qonunining o’rniga qabul qilindi. Ushbu kodeksga muvofiq “byudjet tizimi bir necha prinsiplarga asoslanadi va ulardan bittasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipi bo’lib, bunda byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi”5 Byudjetni rejalashtirish sohasida davlat organlarining vakolatlari turlicha belgilangan bo’lib, ularga qisqacha to’xtalamiz. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byudjetnoma loyihasini, shuningdek Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risida hisobotni ko’rib chiqish uchun taqdim etadi. Hududiy moliya organlari Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga ko’rib chiqish uchun kiritadi. Byudjetdaromadlarini rejalashtirish byudjet tasnifiga muvofiq amalga oshiriladi. Byudjet Kodeksining 3 bobida Byudjet tasnifiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo’lib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi”. Byudjet tasnifini xalqaro andozalarga mos kelishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010- yil 20- avgustdagi 65-son buyrug’i bilan “Byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma” ishlab chiqildi 6 . Byudjet tasnifi o’z ichiga quyidagilarni oladi: byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini; byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini; Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifini. Yigirma bir koddan iborat bo’lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to’rt qismli ko’rinishga ega: byudjet tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi; daromadlarning turlari; hududiy tasnif. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling