Iqtisodiyot” kafedirasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu
Davlat byudjetiga tushum va soyadagi iqtisodiyot ulushi kamayadi
Download 1.1 Mb.
|
Davlat byudjetining daromad va xarajatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlar faoliyati yengillashtiriladi
- Aholi daromadlarining oshishida muhim omil
Davlat byudjetiga tushum va soyadagi iqtisodiyot ulushi kamayadi
Farmonning asosiy maqsadi — iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirish va soliq rejimlarini birxillashtirish hisobiga teng raqobat sharoitini yaratishga qaratilgan. Jumladan, 2000 yildan buyon respublikada qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20% miqdorida amal qilib, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari orasida eng yuqorilaridan biri edi. Farmon bilan QQS stavkasi 1 oktyabrdan boshlab, 20%dan 15% qilib belgilandi. QQSning davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi 30%dan ortiq. Shu inobatga olinadigan bo‘lsa, bu juda keskin qadam ekanligini guvohi bo‘lamiz. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, byudjetga QQS tushumlari albatta kamayadi. Lekin, iqtisodiy nazariyadan kelib chiqilsa, biznes subyektlari yengiliklarni ijobiy qabul qilib, shaffof va ochiq faoliyat yuritishga o‘tadi va natijada soyadagi iqtisodiyot ulushi qisqaradi. Tadbirkorlar faoliyati yengillashtiriladiFarmon bilan tadbirkorlik subyektlarini to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishlari uchun qiyinchiliklarga sabab bo‘lgan, soliq organlari tomonidan bank operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha amaldagi tartib bekor qilindi. Joriy yilning 1 sentyabr holatiga 18,6 mingta ishlab turgan tadbirkorlik subyektlarining bank operatsiyalari to‘xtatilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida, ularga ishlab chiqarishda zarur xomashyo sotib olish yoki muhim texnologik dastgoh uchun pul o‘tkazish, ish haqini to‘lab berish imkoniyatini cheklab qo‘yayotgan edi. Endilikda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning tijorat banklaridagi hisob raqamlarini “xavfni tahlil qilish” (risk-analiz) va ogohlantiruvchi chora-tadbirlarni qo‘llagan holda, 30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish tartibini ishlab chiqish va bu me’yorlarni yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasiga kiritiladi. Aholi daromadlarining oshishida muhim omilHujjat bilan ish haqi jamg‘armasiga soliq solishdagi farqlashlarga barham berildi. Jumladan, 2020 yildan byudjet va ayrim darajadagi soliq to‘lovchilardan tashqari, barcha subyektlar uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25%dan 12%ga tushirildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 4609 ta bunday korxonalarda mehnat qilayotgan 664871 ta fuqarolarning ish haqi jamg‘armasidan kelgusi yili o‘rta hisobda 3 trln so‘mni tejab qolgan holda, ishlovchilarning real daromadlarini oshirishga yo‘naltirish imkoniyati yuzaga keladi. Tadbirkorlik subyektlari uchun to‘laqonli ravishda teng raqobat sharoitini yaratish uchun keyingi qadam, yaqin kunlarda QQS bo‘yicha mavjud imtiyozlarni bekor qilinishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan, soliq organlari tomonidan soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish uchun zamonaviy IT-texnologiyalaridan keng foydalangan holda, ko‘proq ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va samarali (aqlli) soliq yig‘ishga o‘tish talab etiladi. 2019 YILDA IQTISODIYOTGA SOLIQ YUKI KAMAYDI Moliya vazirligining Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti va Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti Davlat byudjetining 2019 yilda ayrim soliq guruhlari boʻyicha ijro etilishining dastlabki yakunlarini chiqardi 13 Operativ ma’lumotlarga koʻra, 2019 yilda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari 137 trln soʻmni (YaIMga nisbatan 26,1%) tashkil etgan, bu 2018 yildagiga qaraganda 27% koʻp. 2018 yilda daromadlar 108 trln soʻmni yoki YaIMga nisbatan 26,5%ni tashkil etgan. Shu tariqa, iqtisodiyotga soliq yuki 0,4% kamaygan. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling