Iqtisodiyot” kafedirasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu
Davlat byudjetining xarajatlari tizimi
Download 1.1 Mb.
|
Davlat byudjetining daromad va xarajatlari
4. Davlat byudjetining xarajatlari tizimi
Byudjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’laridir. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjeti xarajatlari davlatning markazlashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlardir. Byudjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo’lib, bir qator omillarga bg’liq: davlatning tabiat va funksiyalariga; mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga; byudjetning iqtisodiyot va xizmat ko’rsatish soha-tarmoqlari bilan aloqalarining ko’lamiga; davlatning ma’muriy hududiy tuzilishiga; byudjet mablag’larini taqdim etish shakillariga va boshqalarga. Bu omillar ta’siri ostida har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichdagi byudjet xarajatlari tarkibi va tuzilishi shakillanadi. Masalan, agar davlatning asosiy e’tibori iqtisodiyot tarmoqlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lsa, unda byudjet xarajatlari tarkibida yirik investetsiyalarni davlat reurslari hisobidan moliyalashtirish xarajatlari ustun bo’ladi. Davlatning asosiy e’tibori jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga, aholini ijtimoiy himoyalashga, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan bo’lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ortib boradi. Byudjet mablag’lariga egalik qiluvchilar - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar, ya’ni byudjet mablag’larini oluvchilar byudjet xarajatlari orqali moliylashtiriladi. Byudjetda faqat byudjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo’yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa byudjetdan mablag’ oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari, byudjet dotatsiyalari, subvensiyalari va byudjet ssudalari vositasida byudjet tizimi darajalarin bo’yicha byudjet mablag’larini qayta taqsimlash byudjet orqali amalga oshadi. Byudjet xarajatlari asosan qaytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat byudjet kreditlari va byudjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi byudjet yili uchun tasdiqlanadigan byudjetda bevosita ko’rsatiladi va byudjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog’liq bo’ladi. O’z iqtisodiy mazmuniga qarab byudjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo’linadi. Byudjetning joriy xarajatlari – byudjet xarajatlarining bir qismi bo’lib, davlat hokimiyati organlarining, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog’onadagi byudjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga mablag’ ajratish, dotatsiyalar, subvensiyalar va subsediyalar shaklida yordam ko’rsatish uchun ajratiladi. Byudjetning kapital xarajatlari – byudjet xarajatlarining innovatsiya va investetsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlngan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassalarga investetsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar investetsiya maqsadlari uchun byudjet kreditlari tarzida beriladigan mablag’lar, kapital ta’mirlash xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlardan iborat. Davlat byudjeti xarajatlari o’zining funksional tayinlanishiga ko’ra quyidagi guruhlarga birlashtirilgan: Ijtimoiy soha (ta’lim, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, jismoniy tarbiya va siport, ijtimoiy ta’minot va tadbirlarni mablag’ bilan ta’minlash) va aholini ijtimoiy qo’llab – quvvatlash (ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlari) xarajatlari; Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqorolik jamiyatining boshqa insitutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari; Iqtisodiyot xarajatlari; Markazlashtirilgan investetsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari; Sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari; Fuqorolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; Zaxira jamg’armalarini shakillantirish xarajatlari; Boshqa xarajatlar. Sanab o’tilgan har bir guruh xarajatlar, o’z navbatida, mahkamaviy va maqsadli belgisiga ko’ra guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko’ra byudjet mablag’larini oluvchi vazirlik, davlat qo’mitasi yoki boshqa davlat boshqaruv organining xarajatlariga bo’linadi. Bu belgiga ko’ra xarajatlarni tahlil qilishda byudjet xarajatlarining qaysi tarmoq va sohalarga yo’naltirilayotgan haqida xulosa qilish mumkin bo’ladi17. Masalan, davlat byudjetidan funksional tasnifga ko’ra ta’lim sohasiga ajratilgan pul mablag’lari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi kabi mahkamalar tomonidan tasarruf etiladi. O’z navbatida, har bir vazirlik, davlat qo’mitasi, idorasi yoki alohida byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag’lari xarajatlarning aniq turlari bo’yicha ajratiladi (maqsadli belgisiga ko’ra). Hududiy belgisiga ko’ra byudjet xarajatlari umumdavlat xarajatlariga va mahalliy hokimiyat organlarining xarajatlariga bo’linadi. Umumdavlat xarajatlari, odatda, respublika byudjetidan amalga oshiriladi va davlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat organlari esa hududiy va mahalliy ehtiyojlardan kelib chiqib, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va viloyat, shahar, tuman byudjetlari mablag’laridan xarajatlarni amalga oshiradlar. Davlat byudjeti xarajatlari takidlaganimizdek har yili uchun belgilab beriladi. 2020-yil uchun Byudjetnomani qabul qilishda yangi amaliyot hayotga tatbiq etildi. Bunga ko’ra Parlament quyi palatasiga kiritilgan 2020-yilga mo‘ljallangan Byudjetnoma Oliy Majlis tomonidan birinchi marta Davlat byudjeti qonun shaklida qabul qilindi. Ya’ni “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash va byudjet ma’lumotlarining ochiqligini, shaffofligini yanada oshirish, byudjet mablag‘larining shakllanishi, sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tartiblari belgilanmoqda. Byudjetnomada qayd etilganidek, 2020 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi keyingi yillarda uning ijobiy dinamikasini saqlab qolgan holda, 5,5 foiz (2021 yilda 5,8 foiz, 2022 yilda 6,2 foiz) miqdorda bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Xususan, sanoat ishlab chiqarishi hajmi 6,5 foiz, qurilishda 9,3 foiz, qishloq xo‘jaligida 4 foiz va xizmatlar sohasida 5,6 foiz ko‘payadi, asosiy kapitalga investitsiyalar 10 foiz, tovarlar va xizmatlar eksporti hamda import 8 foiz o‘sadi. 2020 yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 653,5 trillion so‘mni, Davlat byudjeti daromadlarining tushumi 128,5 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 19,6 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilinib, bu alohida sohalar rivojiga maqsadli xarajatlarni oshirish yo‘li bilan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni ta’minlaydi. 2020 yilda Davlat byudjetining xarajatlari 131,1 trillion so‘mni tashkil etadi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 24 foizga ko‘p bo‘lib, bunda Davlat byudjetining xarajatlari asosan ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi. Jumladan, ijtimoiy soha xarajatlari 66 trillion so‘mni yoki umumiy xarajatlarga nisbatan 50,3 foizni tashkil etadi. Bunda ushbu xarajatlarning o‘sishi avvalgi yilga nisbatan 24 foiz ko‘payadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishga 5,2 trillion so‘m, umumiy ta’limga 20,9 trillion so‘m yo‘naltiriladi, kadrlar tayyorlashga ajratiladigan mablag‘lar 3,9 trillion so‘mni tashkil etadi. Sog‘liqni saqlashga 14,8 trillion so‘m, madaniyat va sportni moliyalashtirish uchun 2,3 trillion so‘m, ilm-fanga 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash va kompensatsiya to‘lovlari uchun xarajatlar o‘tgan yildagiga nisbatan 27 foiz oshgan holda 6,6 trillion so‘mni tashkil etadi18.
Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling