Iqtisodiyot” kafedirasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu
Download 1.1 Mb.
|
Davlat byudjetining daromad va xarajatlari
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. G’aznachilik bo’linmalari davlat moliyaviy nazoratini:
- byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchilar) bilan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari mablag’lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro’yxatdan o’tkazish; - xarajatlar smetalarida va ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig’i bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to’lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to’lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo’li bilan amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari: - byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi; - byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari ijrosi; - byudjet tizimi byudjetlarining mablag’lari hisobidan to’lovlarni amalga oshirishning navbatliligi, muddatlariga rioya etilishi va to’liqligi; - davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablag’lardan maqsadli foydalanilishi; - O’zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablag’lardan to’g’ri va maqsadli foydalanilishi; - pensiyalar va nafaqalar to’g’ri tayinlanishi, hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi; - tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining faoliyati; - byudjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi; - O’zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi; - insonparvarlik yordami va texnik ko’maklashish mablag’laridan maqsadli foydalanilishi; - davlat xaridlari bo’yicha tender (tanlov) savdolarining to’g’ri o’tkazilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. Davlat soliq xizmati organlari davlat moliyaviy nazoratini soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Davlat moliyaviy nazorat organlarining o’zaro hamkorligi. Byudjet tashkilotlarini nazorat qilish rejalari davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan tasdiqlanadi. Davlat moliyaviy nazorat organlari moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxslarining harakatlarida jinoyat alomatlari bo’lgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda nazorat materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi. Moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallar sudlarga yoki tegishli vakolatli davlat organlariga topshiriladi. Xulosa Mamlakatimizda o’tgan yillar mobaynida olib borilgan kuchli ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning bugungi kunda xalqimiz farovonligiga xizmat qilayotganligi barchamizga ayon. Xususan birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “O’zbek modeli” hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-soni farmonlarini ta’kidlab o’tishimiz kerak. Taraqqiyotning o’zbek modeli yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Bu yo’l o’sha davr uchun tanlangan eng to’g’ri yo’l ekanligini amalda isbotladi. Harakatlar strategiyasi ham qisqa fursat ichida ijobiy natijalarini berib ulgurdi va bu hali davom etmoqda. Mazkur kurs ishida amalga oshirilgan tahlillar natijalariga asoslangan holda quyidagi ilmiy xulosalarni va amaliy tavsiyalarni shakllantirishga harakat qildim: Byudjet jarayoni — Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni. Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining quyidagi to’rt bosqichini o’z ichiga oladi: -byudjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish); -byudjetni ko’rib chiqish (muhokama qilish) va tasdiqlash; -byudjetni ijro etish; -byudjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida byudjet jarayonini tashkil etishda davlat organlari orasida Moliya vazirligining o’rni alohida hisoblanadi. Bunga sabab, byudjet jarayonining har bir bosqichida bevosita Moliya vazirligi ishtirok etadi. Shu bois, Moliya vazirligi faoliyatini samarali tashkil qilish byudjet jarayonining samarali ijrosini ta’minlaydi. 2020-yilda Davlat byudjeti daromadlari 128.5 trillion so’m yoki YaIM ga nisbatan 19.6 foiz darajasida bo’lishi prognoz qilindi19. 2020-yil uchun Davlat byudjeti xarajatlari 131.1 trillion so’mni tashkil etadi20. 2020-yilda maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishga 5,2 trillion so‘m, umumiy ta’limga 20,9 trillion so‘m yo‘naltiriladi, kadrlar tayyorlashga ajratiladigan mablag‘lar 3,9 trillion so‘mni tashkil etadi. 2020-yilda sog‘liqni saqlashga 14,8 trillion so‘m, madaniyat va sportni moliyalashtirish uchun 2,3 trillion so‘m, ilm-fanga 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash va kompensatsiya to‘lovlari uchun xarajatlar o‘tgan yildagiga nisbatan 27 foiz oshgan holda 6,6 trillion so‘mni tashkil etadi. Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot G’aznachilik tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi hisobotlar G’aznachilik tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar moliya organlariga taqdim etiladi. Xulosa o’rnida aytish kerakki bugungi kunda butun dunyoda shuningdek yurtimizda kuzatilayotgan epidimologik vaziyatda Davlat byudjetining ahamiyati katta bo’lmoqda va aholini ijtimoiy himoyasiga hamda sog’liqni saqlashga va boshqa ko’plab sohalarga yo’naltirilmoqda. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling