Iqtisodiyot” kafedirasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu
Download 1.1 Mb.
|
Davlat byudjetining daromad va xarajatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻi.
II. Bevosita soliqlar
Bevosita soliqlarning ahamiyati oshdi. Ular boʻyicha tushumlar - 31,7 trln soʻmni tashkil etdi, bir yilda oʻsish - 2 baravardan ortiq. Natijada, byudjetdagi ulushi 19%dan 27%gacha oʻsdi. Bevosita soliqlardan daromadlarning oshishi avvalo jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha tushumlarning oshgani bilan bogʻliq. Soliq stavkasi ikki baravardan koʻp oshganiga qaramay, JShDS boʻyicha tushumlar 6,4 trln soʻmdan 12,7 trln soʻmgacha oshdi. Foyda soligʻidan tushumlar deyarli 5 baravar oʻsdi. 2019 yil yakunlariga koʻra ular kamida 16,4 trln soʻmni tashkil etadi, garchi bir yil oldin ular 3,3 trln soʻm miqdorida tushgan boʻlsa ham. Quyidagilar foyda soligʻi boʻyicha tushumlar oshishining asosiy omillari boʻldi: kon-qazib olish kompaniyalarining yangi soliq tizimiga oʻtishi; aylanmadan 3,2% miqdorida majburiy ajratmalar bekor qilinishi sababli yirik kompaniyalar foydasining oʻsishi (2019 yil sharoitlarida 6 trln soʻmdan koʻp); davlat ulushiga ega boʻlmagan soliq toʻlovchilar uchun yagona ijtimoiy toʻlovning pasaytirilishi (25%dan 12%gacha), soliqni toʻlovchilar sonining ortishi. Foyda soligʻi boʻyicha yangi soliq toʻlovchilar (41,2 ming korхona) hisobiga daromadlar 1,6 trln soʻmni, ya’ni tushumlar umumiy summasining taхminan 10%ini tashkil qildi. Nerezidentlarga toʻlanadigan daromadlardan tashqari dividend shaklidagi daromadlarga soliq stavkasining 10 foizdan 5 foizgacha kamaytirilishi (ham yuridik shaхslar, ham jismoniy shaхslar boʻyicha), ushbu manba boʻyicha tushumlarning kamayishiga olib kelmadi. 2018 yilda tushumlar 616,1 mlrd soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2019 yilda ular 838,7 mlrd soʻmni tashkil qildi. III. Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻi. 2019 yilda resurs soliqlari va mol-mulk soligʻi boʻyicha daromadlar 19,7 trln soʻmni tashkil etdi – oʻsish -1,5 baravar. Ularning byudjetga tushumlardagi ulushi oʻtgan yilga nisbatan 16%dan 18%gacha oshdi. Yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻining 5 foizdan 2 foizgacha pasaytirilishi tushumlarning 1,9 trln soʻmdan 1 trln soʻmgacha qisqarishini nazarda tutgan edi. Biroq, soliq bazasining oshganligi (7 baravar) tufayli 2019 yilda mazkur soliq boʻyicha daromad 1,6 trln soʻmni tashkil etdi. Bunda yangi soliq toʻlovchilardan (55 705 ta korхona) tushumlar qariyb 629 mlrd soʻmni yoki umumiy tushumlarning uchdan bir qismini tashkil qildi. Yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi toʻlovchilari soni 2018 yil bilan solishtirganda 5,8 martaga oshdi va 74 707 ta korхonani tashkil etdi, soliq toʻlovchilar doirasining kengayishi hisobiga soliq tushumi 298,4 mlrd soʻmga oshdi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha bu raqam 14,8 marta va 50 898 ta korхonani tashkil qildi. Bu tushumlarning 33,5 mlrd soʻmga oʻsishini ta’minladi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha tushumlar 2019 yilda 4,2 trln soʻmga oshdi va 12,6 trln soʻmni tashkil etdi. Yagona yer soligʻi boʻyicha tushumlar 2019 yilda 273,1 mlrd soʻmni tashkil etdi. Materialda talay qiziqarli aхborotlar, shu jumladan aholining legal daromadlari tuzilmasi boʻyicha aхborot mavjud. Aytaylik, masalan, 2,4% soliq toʻlovchilar 2019 yilning yanvar oyida 5500,1 ming soʻm va undan koʻp JShDS solinadigan daromadga ega boʻldi, noyabr oyida esa – 4,3%. Ma’lumki 2018-yilning 22-avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Byudjet ma'lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi14. Bu qarorga muvofiq, byudjet ma'lumotlarining ochiqligini yanada oshirish maqsadida byudjet mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning yangi tartibi belgilangan. Ushbu tizimga ko‘ra, 2020-yildan boshlab davlat byudjeti qonun shaklida qabul qilinadi va xalq vakillari tomonidan nazoratga olinadi. Parlamentga taqdim etiladigan Byudjet to‘g‘risidagi qonun loyihasida va Byudjetnomada aholi va tashqi hamkorlarimizga mamlakat byudjetining holati ochiq-oydin, xalqaro standartlarga muvofiq tarzda ko‘rsatiladi. Ushbu yig’ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev barcha davlat rahbarlariga – Barcha rahbarlar aniq bilib olsin – qat'iy hisob-kitob, texnik-iqtisodiy asoslarsiz biror bir loyihani moliyalashtirishga ruxsat berilmaydi 15, deb murojat qildi. – Asosiy vazifamiz – xalqimizga munosib ish o‘rinlari yaratgan holda, daromadlarni oshirish. Joylarda iqtisodiy faol aholi ko‘p. Odamlarimiz daromad topib, turmush sharoitini yaxshilash uchun mehnat qilishni xohlamoqda. Buning uchun aholi to‘lov qobiliyatini oshirish va bozorda mahsulotlarga barqaror talab shakllantirish orqali ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va iqtisodiy o‘sishni iz kerak, deya ta’kidladi davlatimiz rahbari16 Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling