Iqtisodiyot” kafedirasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu
Moliyaviy nazorat tizimi bloklari
Download 1.1 Mb.
|
Davlat byudjetining daromad va xarajatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy nazorat iqtisodiy sub’ektlari bo’yicha ko’rinishlari
- O’tkazish usullariga binoan
Moliyaviy nazorat tizimi bloklari –uch turga bo’linadi ya’ni, moliyaviybudjet nazorati, ichki moliyaviy–xo’jalik nazorati va mustaqil audit.
1) Moliyaviy-budjet nazorati – davlat budjeti smetalarining daromad va xarajatlarini tekshiradi. Buni Moliya vazirligining nazorat va taftish bosh boshqarmasi amalga oshiradi. 2) Moliyaviy-xo’jalik nazorati, ichki nazorat – korxona, tashkilot va birlashmalarning xo’jalik yuritish faoliyati va moliyaviy hisobotlarining xaqqoniyligini tekshirish. Buni yuqori tashkilotlarning nazorat va taftish boshqarmalari yoki bo’limlari yoxud ichki audit tizimi amalga oshiradi. 3) Mustaqil audit – Moliyaviy hisobotlarining xaqqoniyligini aniqlash. Buni maxsus litsenziyaga ega mustaqil auditorlik firmalari bajaradi. Moliyaviy nazorat iqtisodiy sub’ektlari bo’yicha ko’rinishlari: 1. Davlat nazorati. 2. Idoraviy nazorat. 3. Ichki xo’jalik nazorat. 4. Jamoaviy nazorat. 5. Mustaqil nazorat. Manbaalariga binoan: 1.Hujjatli. 2. Xaqiqiy. 3. Avtomatlashgan. Xajmiga binoan: 1. To’la yoki qisman 2. Kompleks yoki aniq mavzu bo’yicha. 3. Tanlov asosida yoki barcha jabhalar bo’yicha. O’tkazish usullariga binoan: Umumuslubiy: 1.Taftish. 2.Audit. 3. Tahlil. Xujatli tekshirish usullari: 1. Dasturiy baholash. 2. Arifmetik tekshirish. 3. Huquqiy baholash. 4. Mantiqiy nazorat. 5. Qarshi tekshirish. 6. Taqqoslash. 7. Balans bog’liqliklarini tekshirish. Xaqiqiy tekshirish usullari: 1. Inventarizatsiya. 2. Ekspertiza. 3. Kuzatish. 4.O’lchash. 5. Xranometraj. 6.Laboratoriya tahlili. 7. Sud buxgalteriya ekspertizasi. Davlat moliyaviy nazorati byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorati: Respublika darajasida — O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining va respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan; Mahalliy darajada — Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi. Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining; davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to’g’risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi. Davlat moliyaviy nazorat organlari: O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir. Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o’rganish shaklida amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi: - dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g’aznachilik bo’linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan; - joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g’aznachilik bo’linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan; - yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so’ng Byudjet Kodeksining 171-moddasida ko’rsatilgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir. Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir: 1. hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab: - yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish; - tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish; 2. nazoratning maqsadga yo’naltirilganligi va predmetiga qarab: - kompleks nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha yo’nalishlarini nazorat qilish; - mavzuli nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo’yicha faoliyatini nazorat qilish; - muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o’zaro bog’liq bo’lgan va turli moliyaviy nazorat ob’ektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o’z ichiga olgan tekshirish. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling