Iqtisodiyot” kafedirasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu
Download 1.1 Mb.
|
Davlat byudjetining daromad va xarajatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayonining umumiy ko’rinishi 2 – rasm
Respublika byudjeti
1-rasm. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi. Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi. Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi 3 Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuiga Davlat byudjeti deyiladi 4 Davlat byudjeti ijtimoiy va ishlab chiqarish munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot yoki milliy daromadning bir qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalari, jumladan iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va mudofaaning rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan taqsimlash vositasidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsada, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi. Turli ma’muriy-hududiy byudjetlarning ko’pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga bo’ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi. Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy instrumenti (vositasi) sifatida Davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakllari o’zgargan sharoitda va ko’plab oldisotdilar natijasida amalga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning Davlat byudjeti orqali taqsimlanishi, ma’lum darajada, har doim almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi. Qiymatning Davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat Davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda yana taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qo’shilib ketishi sodir bo’ladi. Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu uch bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu narsa ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan pul mablag’larining bir qismini davlatning qo’lida jamlash sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida moliyaviy munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlari-ning xarakterli xususiyati shundan iboratki, byudjetga tushuvchi mablag’lar alohidalashgan bo’lib, hali ular qat’iy aniq cheklanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga – yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi. Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’psonli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini bo’lishning murakkab taqsimlanish jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo’linmalardan ajralgan ichki byudjet jarayonidek ko’rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha sub’ektlarning manfaatlari o’zaro to’qnash keladi. Mamlakatdagi har bir ma’muriy-hududiy birlik o’z byudjetiga ega bo’lganligi uchun bu bosqichda ana shu byudjetlarning umumiy hajmini to’g’ri aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. U yoki bu byudjetning xarajatlari joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi oqibatida ularni qo’shimcha mablag’lar bilan ta’minlash zaruriyati vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslashtirish zarurdir. Shunday qilib, murakkab taqsimlash jarayoni sodir bo’ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy bo’linmalarining barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o’z mablag’larini berishsa, boshqalari esa byudjet mexanizmi orqali bu mablag’larni oladi. Uchinchi bosqichda byudjet fondlari hududlar va maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko’pchilik hollarda, bir mulkchilik shakli doirasida byudjet mablag’larini qaytarilmaslik tarzida berish sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetli taqsimlash jarayonining oxirgi bosqichida byudjet mablag’larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi. Byudjet byudjet moliya resurslarini kerakli soha va yo’nalishlarda jamlab davlatni iqtisodiyotni boshqarish va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga imkoniyat beradi. Bunda byudjet resurslarining daromad qismi bo’yicha shakllanishi, undan samarali foydalanish nazorat qilinadi. Taqsimlash va nazorat funktsiyalari orqali byudjetning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati yuzaga chiqadi. Shu yo’l bilan byudjet davlat daromadlari va xarajatlarini rejalashtiruvchi moliyaviy munosabatlarni bildiradi. Byudjet-soliq siyosatini oqilona yo’nalish bilan ishlab chiqish va uning samarali ijrosini ta’minlash, eng avvalo, byudjet daromadlarini aniq va sifatli rejalashtirish bilan bog’liq. Byudjet daromadlarini rejalashtirishning ahamiyati to’g’risida kengroq to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarni ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq: XX asrning yetuk iqtisodchilaridan biri D. Keyns nazariyasiga muvofiq, iqtisodiyotda davlatning rejalashtirilgan xarajatlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini oshirishdagi asosiy manbalardan biridir. Davlat xarajatlarining rejasi esa byudjet daromadlarini rejalashtirish bilan chambarchas bog’liq; soliq va bojxona siyosati yo’nalishlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularni asoslash byudjet daromadlarini rejalashtirish orqali amalga oshiriladi; Davlatning uzoq muddatli xarajatlarini (jumladan, investitsiyalarni) samarali va oqilona amalga oshirish davlat ixtiyoriga moliyaviy mablag’larning barqaror ravishda kelib tushishini talab etadi. Bu esa o’z navbatida byudjet daromadlarini rejalashtirishga alohida e’tibor qaratishni talab etadi; byudjet daromadlarini rejalashtirish rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq ma’murchiligini yaxshilashdagi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Byudjet daromadlarini rejalashtirishni nazariy jihatdan iqtisodiy modellashtirish deb atash mumkin. Taniqli iqtisodchi olim N.G. Menkyu tomonidan tayyorlangan iqtisodiy modelning umumiy ko’rinishi asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan. Buni quyidagi rasmdan ko’rishimiz mumkin. (2-rasm). Byudjet daromadlarini rejalashtirish modeli Endogen ko’rsatkichlar (byudjet daromadlari rejasi) Ekzogen ko’rsatkichlar (tashqaridan olinadigan turli iqtisodiy-statistik ma’lumotlar, koeffitsientlar va boshqa ko’rsatkichlar) Byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayonining umumiy ko’rinishi 2 – rasm Byudjet daromadlarini rejalashtirish:
ekzogen ko’rsatkichlardan (masalan, kutilayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi, inflyatsiya darajasi) foydalangan holda; olingan ma’lumotlar va byudjet daromadlari o’rtasidagi ilgari kuzatilgan yoki iqtisodiy-matematik bog’lanish qonuniyatlaridan kelib chiqib (tuzilgan model yordamida); endogen ko’rsatkichlarni (byudjet daromadlarini soliq turlari bo’yicha, hududlar kesimida, turli muddatlar uchun rejalarini) hisob-kitob qilishdan iborat. Ushbu sohadagi adabiyotlar va bu jarayonni amaldagi holatini umumlashtirgan holda, byudjet daromadlarini rejalashtirishni bir necha bosqichlarga bo’lish mumkin (3-rasm). 5-bosqich 4-bosqich 3-bosqich 2-bosqich 1-bosqich Reja ko’rsatkichini baholash Model asosida reja ko’rsatkichini hisoblash Model tuzish va uni baholash Ma’lumotlarni qayta ishlash Ma’lumotlar yig’ish Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling