Iqtisodiyot” kafedrasi biznes rejalashtirish fanidan


P3 - uzoq muddatli passivlar. Ushbu guruhga uzoq muddatli kreditlar va uzoq muddatli qarziar kiradi


Download 34.58 Kb.
bet8/13
Sana16.04.2023
Hajmi34.58 Kb.
#1358441
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BIZNES rejasi NAZARAT ISHI

P3 - uzoq muddatli passivlar. Ushbu guruhga uzoq muddatli kreditlar va uzoq muddatli qarziar kiradi.
P4 - doimiy passivlar. Bu guruhga balans passivining l-bo'limidagi barcha moddalar kiritiladi, ya’ni «O 'z mablag'larining manbalari»ning jami doimiy passivlar bo'lib hisoblanadi.
Balansning ham aktivi, ham passivini maxsus guruhlarga bo'lib olgandan keyin likvidlik (to'lovga qodirlik) ko'rsatkichlari aniqlanadi va shular asosida to'lov qobiliyati ko'rsatkichi tahlil qilinadi.
To'lovga qodirlik ko'rsatkichlari va ulami hisoblash usullari Balans-netto ma’lumotlari bo‘yicha maxsus guruhlarga bo'lingan aktivlar va passivlar tarkibidagi moddalar asosida fermer xo'jaligining to‘lov qobiliyatiga baho berish uchun amaliyotda balans likvidligining quyidagi nisbiy ko'rsatkichlari qo'llaniladi:
1) mutlaq likvidlik koeffitsiyenti (mutlaq to'lovga qodirlik koeffitsiyenti);
2 ) tezkor likvidlik koeffitsiyenti (oraliq to'lovga qodirlik koeffitsiyenti);
3) joriy likvidlik koeffitsiyenti (joriy to'lovga qodirlik koeffitsiyenti).
Mazkur koeffitsiyentiar bir-biridan formulaning suratidagi to'lov mablag'­ larining tarkibi bo'yicha farq qiladi, ya’ni qisqa muddatli majburiyatlarni qoplashda (to'lashda) ishtirok etuvchi likvidli aktivlar tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Endi, ushbu koeffitsiyentlarni hisoblash usullariga to'xtalamiz.
1. Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyentni aniqlash uchun yuqori likvidli aktivlarni (Al) qisqa muddatli majburiyatlarga (tezlikda to'lanadigan majburiyatlar (PI) bilan mo'tadil qisqa muddatli passivlar (P2) summalarining yig'indisiga) bo'lish kerak.
Al Kml - p| + p2 .
«Eng yuqori likvidli aktivlar» yuqorida qayd qilinganidek, pul mablag'lari bilan qisqa muddatli investitsiyalardan tashkil topadi. Bu koeffitsiyent xo'jalikning mutlaq to'lovga qodirligi darajasini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, pul mablag'lari bilan qisqa muddatli investitsiyalar (qimmatli qog'ozlar) hisobiga qisqa muddatli qarzlarini qancha qismini qaytara olishi (yoki to'lay olishi) mumkinligini bildiradi. Ushbu koeffitsiyent 0,2 dan 0,5 gacha bo'lsa mo'tadil ko'rsatkich bo'lishi mumkin

Download 34.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling